Get Mystery Box with random crypto!

#Arnasoy_tumani ARNASOY TUMANIDA 8-UMUMTA'LIM MAKTABI FOYDALA | Jizzax viloyat XTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

#Arnasoy_tumani

ARNASOY TUMANIDA 8-UMUMTA'LIM MAKTABI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Joriy yilda investitsiya dasturi asosida mukammal ta'mirlangan Arnasoy tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Yangi va zamonaviy holatga keltirilgan maktabni mehnat faxriylari, tuman hokimligi va xalq ta'limi mutasaddi rahbarlari ochib berdi.

Bayram tadbiri tuman hokimi Xurshid Alimardonovning bayram tabrigi bilan boshlandi.

Tadbir davomida lenta kesish marosimi bo'lib o'tdi hamda tadbir ishtirokchilari maktab binosining imkoniyatlari, yoshlarning o’qib bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Maktab binosini mukammal ta'mirlash uchun 5,832 mlrd so’m mablag’ sarflandi.

Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|