Get Mystery Box with random crypto!

1-SINFGA QABUL TARTIBI Joriy yilda Jizzax viloyati maktablar | Jizzax viloyat XTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

1-SINFGA QABUL TARTIBI

Joriy yilda Jizzax viloyati maktablarining 1-sinfiga 28195 bola qabul qilinadi. Ota-onalarga qulaylik yaratish va qabul jarayonlarini tartibli tashkil etish maqsadida 1-sinfga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – joriy yilning 20 – iyunidan 31 – iyulga qadar mahalliy hokimlik qarorlari bilan maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha;

Ikkinchi bosqich – joriy yilning 1-15 avgust kunlari mikrohududdan tashqari;

Prezident qarorlariga muvofiq, viloyatdagi mavjud 553 maktabdan faqat Jizzax shahridagi 29 – maktablarida 1 – sinfga qabul jarayonlari ELEKTRON SHAKLDA, qolgan hududlar boshqa tuman (shahar)laridagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul belgilangan tartibda AN’ANAVIY SHAKLDA amalga oshiriladi.

Telegram | Facebook | You tube

Telegram bot: @Jizzax_vxtb_bot

Jizzax viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.