Get Mystery Box with random crypto!

Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi 'Zomin' davlat qo‘ri | Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi "Zomin" davlat qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga Turkiston silovsini tasvirga olindi

Silovsin
- mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Mo‘ynasi qalin va yumshoq, malla yoki qizg‘ishsariq, ba’zan xoldor tusda bo‘ladi. O‘zbekiston janubidagi tog‘larning o‘rta va yuqori qismida uchraydi. Asosan tunda faol bo‘lib, yanvar-mart oylarida juftlashadi. May-iyun oylarida bolalaydi. Quyon, sichqon kabi kemiruvchilar, qushlar va tuyoqlilar bilan oziqlanadi.

Soni kamayib borayotganligi, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lganligi uchun  O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.

Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:

Telegram| Facebook| You Tube| Instagram|
| ok.ru| @Viloyat_hokimiga_murojaat | twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax