Get Mystery Box with random crypto!

Zomin tumanda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish yuzas | Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

Zomin tumanda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-may kuni Zomin tumani Yoshlar markazi binosida Respublika ishchi guruhi tomonidan “Tumanda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, radikal qarashlarga ta’sirchan choralarni ko‘rish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman tashkilot xodimlari, o‘quvchi-talabalar va boshqa faollar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Ilhom Ma’rupov so‘zga chiqib, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sodiqlik, avvalo ona Vatanga muhabbat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaati uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, diniy bag‘rikenglik va yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish oqibatlari hamda shukronalik tuyg‘ulari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.