Get Mystery Box with random crypto!

#Jizzax viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qi | Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

#Jizzax viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Jizzax viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

Yoshlar ishlari agentligi Baxmal tumani bo‘limi: Temirqadam mahallasi yoshlar yetakchisi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Sharof Rashidov tumani bo‘limi: Eski Toshkentlik mahallasi yoshlar yetakchisi.

Yoshlar ishlari agentligi Sharof Rashidov tumani bo‘limi: Pastki so`loqli mahallasi yoshlar yetakchisi.

Zomin milliy tabiiy bog‘i: O`rmon nazoratchisi-2.

Zomin milliy tabiiy bog‘i: O`rmon nazoratchisi-4.

Zomin milliy tabiiy bog‘i: O`rmon nazoratchisi-5.

Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi: Yong`in oldini olish bo`yicha muhandis.

Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi: O`rmon ustasi.

Mirzacho‘l tuman hokimligi: "G`alaba" mahalla fuqarolar yig`inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha hokim yordamchi.

Arizalar 20.04.2023 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalarni elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Jizzax viloyati filiali — 72-226-22-36