Get Mystery Box with random crypto!

2022-yilning 27-28-29-iyul kunlari Jizzax shahar xalq ta’limi | JIZZAX VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI

2022-yilning 27-28-29-iyul kunlari Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining kasbiy kompetentsiyasini oshirish maqsadida Jizzax shahar hokimligi, Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limi, Jizzax viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bilan hamkorlikda qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarda Jizzax viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. M.Tilakova, katta o‘qituvchilar N.Ahmedjonov, M.Mo‘minjonova, Sh.Haydarov, o‘qituvchi Sh.Rizayevalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari treninglar, noan’anaviy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi.