Get Mystery Box with random crypto!

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo’lsin! Oʻzbekiston Respublik | Jizzax Gidrometeorologiya boshqarmasi.

30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo’lsin!

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kuni — Oʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, har yili 30-iyun — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor "Yoshlar kuni"ni nishonlash toʻgʻrisida e’lon qilgan, shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yangi maqsad va vazifalar bilan tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Vatanimiz, O'zbekiston yoshlari, Biz ishonamizki, bor kuch g’ayratingizni, bilim va salohiyatinigizni mamlakatimiz kelajagi uchun sarflaysiz, yurtimiz bayrog’ini yanada yuqorilarga ko’tarasiz.

Jizzax GMB Axborot xizmati
https://t.me/jizzaxgidromet