Get Mystery Box with random crypto!

Jizax viloyati Baxmal tumanida 27-may kuni inson o‘limi bilan | Kk

Jizax viloyati Baxmal tumanida 27-may kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Qayd etilishicha, holat 27-may kuni 07:05 atrofida Baxmal tumanidan o‘tgan 4R-41 G‘allaorol—O‘smat avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi (Baxmal tumani “Fayzobod” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan) yo‘lovchi tashuvchi Nexia mashinasini Baxmal—G‘allaorol yo‘nalishida boshqarib ketayotganda harakat davomida uxlab qolgan. Yo‘l boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan.
Oqibatda transport vositasi ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. YTHda haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

@jizzax_zomin_jizzaxliklar