Get Mystery Box with random crypto!

JIZZAX YOSHLARI

Telegram kanalining logotibi jizzax_yoshlar_agentligi — JIZZAX YOSHLARI J
Telegram kanalining logotibi jizzax_yoshlar_agentligi — JIZZAX YOSHLARI
Kanal manzili: @jizzax_yoshlar_agentligi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.27K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 15:10:02
Sharof Rashidov tumanida mahalla yoshlar yetakchilari faoliyati tanqidiy-tahliliy o'rganildi

Bugun Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi mahalla yoshlar yetakchilari faoliyati Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i tomonidan o'rganilib,faoliyatida yo'l qo'yayotgan kamchiliklar tahlil qilindi.

#Mahallayetakchilari #SharofRashidov

Telegram sahifamiz @Jizzax_yoshlar_agentligi
663 views12:10
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:41:07
Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining haftalik muhim voqealar dayjesti

#haftalik_dayjest

Telegram sahifamiz @Jizzax_yoshlar_agentligi
1.0K views10:41
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:29:26 https://www.facebook.com/alisher.sadullaev.zafarovich/videos/585359062947305/
560 views12:29
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:05:20 Bugun, 6-iyul kuni soat 17:00 da Zoom platformasi orqali yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot oʻtkazamiz.

Soʻrovnomada ishtirok etgan oʻquv markaz rahbarlarining Zoomda ishtirok etishlari Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan ta’minlanadi.

Shuningdek, muloqotimiz Facebook sahifamizda toʻgʻridan toʻgʻri translyatsiya qilinadi. Barcha yoshlar yetakchilari Facebookdagi translyatsiyada toʻliq ishtirok etishlari lozim!

Translyatsiyani tomosha qilish uchun: https://fb.me/e/1DOIQKHrj

@alisher_sadullaev
1.1K views09:05
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:44:11
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga yana bir imkoniyat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 765-sonli Qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish istagida bo'lgan yoshlarga yillik 16% stavkada, 7 yil muddatgacha, 3 yil imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.

Ko'p sonli taklif va murojaatlardan kelib chiqqan holda, loyihalarni tanlab olishda shaffoflikni ta'minlash hamda arizalarni onlayn shaklda qabul qilish maqsadida telegram bot ishga tushirildi.

Siz ham tadbirkorlik qilmoqchi yoki faoliyatingizni rivojlantirmoqchi boʻlsangiz murojaatlar:

@yosh_tadbirkorga_madad_bot orqali qabul qilinadi!

Telegram sahifamiz @jizzax_yoshlar_agentligi
891 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:29:03
Tanishing: Jamiyatimizning yangi qahramon yoshlaridan — Ahadxon Kimsanboyev!

Yonimdagi 19 yoshli bu do‘stimiz — Ahadxon Kimsanboyev. U hozirda Farg‘ona viloyatidagi Ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida tahsil oladi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

26-iyun kuni imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida Osiyo onlayn-chempionati yakunlandi. Mazkur turnirda O‘zbekistondan Ahadxon Kimsanboev qatnashib, 7 turda 7 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ahadxondan soʻraganimizda, u noutbuk kerakligini bildirdi. Bugun unga noutbuk sovgʻa qilib, jamoamiz bilan tabrikladik va qo‘llab-quvvatladik. Uni jamiyatimizning qahramon yoshlaridan, imkoniyati cheklangan emas, imkoniyati chegarasiz yoshlardan deb aytsak, to‘g‘ri bo‘ladi, nazarimda.

Barakalla, Ahadxon! Mana shunday aqlli farzandni tarbiyalayotgan uning ota-onasiga, ustozlariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

@alisher_sadullaev
580 views15:29
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:28:52 Jamoamiz yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot oʻtkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilib, so‘rovnoma e’lon qilgandik.

Bugungacha mazkur so‘rovnomada 348 nafar o‘quv markaz egalari qatnashdilar. Hududlar kesimida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasidan — 11 ta;
2. Andijon viloyatidan — 47 ta;
3. Buxoro viloyatidan — 13 ta;
4. Jizzax viloyatidan — 16 ta;
5. Qashqadaryo viloyatidan — 19 ta;
6. Navoiy viloyatidan — 13 ta;
7. Namangan viloyatidan — 20 ta;
8. Samarqand viloyatidan — 31 ta;
9. Sirdaryo viloyatidan — 9 ta;
10. Surxondaryo viloyatidan — 25 ta;
11. Toshkent viloyatidan — 11 ta;
12. Farg‘ona viloyatidan — 25 ta;
13. Xorazm viloyatidan — 23 ta;
14. Toshkent shahridan — 20 ta o‘quv markaz rahbarlari ishtirok etishgan.

Ertaga, 6-iyul kuni Zoom orqali o‘quv markaz rahbarlari bilan muloqot tashkil etishni rejalashtiryapmiz. So‘rovnomada qatnashgan o‘quv markaz rahbarlariga Zoom va Telegram guruhimizning havolasi elektron pochta manzillariga yuboriladi. Shuningdek, ushbu muloqotimiz Facebook sahifamizda ham translyatsiya qilinadi.

So‘rovnomada qatnashish uchun hali ham vaqt bor, ishtirok eting: https://forms.gle/Hes7hmWY6ABSdyGh7

@alisher_sadullaev
578 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:41:01 Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi pinned a photo
14:41
Ochish/sharhlash
2022-07-04 17:07:39
#Yoshlar_kuni
Yoshlarga ko'mak

Yoshlar kuni munosabati bilan "Yoshlar daftari"da turgan 544 nafar yoshlarga 2 mlrd. 177 mln. 628 ming so‘m mablag‘ ajratildi

Yoshlar oyligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati yoshlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 mlrd. 177 mln. 628 ming so‘m mablag‘ ajratdi.

Bu mablag‘ "Yoshlar daftari"da turgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj 544 nafar yoshni haydovchilar tayyorlash kurslarida o‘qitish hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi badali mablag'larini qoplash uchun yo‘naltirildi.

6-iyul kuni viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarda yoshlarga bu sertifikatlar tantanali tarzda topshiriladi.

Dilmurod Xudayshukurov,
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i

Telegram sahifamiz @jizzax_yoshlar_agentligi
1.7K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-07-04 09:49:55
Yangiobod tumanida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida boʻlib oʻtgan yoshlar festivali betakror va yorqin lahzalarga boy boʻldi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
758 views06:49
Ochish/sharhlash