Jizzaxning "Turon" jamoasi munosib kutib olindi
Bugun Jizzax shahri
"Turon" mahallasida katta bayram. Sababi,
futbol bo'yicha
DXX raisi kubogi Respublika bosqichida g'olib bo'lib,
faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritgan
Jizzax shahrining
"Turon" jamoasi keng jamoatchilik hamda mahalla ahli tomonidan
tantanali kutib olindi.
G'olib jamoaning barcha a'zolari hamda murabbiylar Jizzax shahar hokimi tomonidan munosib taqdirlandi. Endilikda "Turon" mahallasi yoshlar uchun "Street workout" maydoni hamda Jizzax shahar hokimi tomonidan futbol maydoni qurib beriladigan bo'ldi.
Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi jamoa a'zolarini g'alaba bilan tabriklaydi!
Telegram sahifamiz @Jizzax_yoshlar_agentligi