Get Mystery Box with random crypto!

Bugun bir tanishim shu habarni bildirdi. Kartasidagi bor pulni | JIZZAX YOSH OLIMLAR KENGASHI

Bugun bir tanishim shu habarni bildirdi. Kartasidagi bor pulni yechib olishibdi . Bu birinchisi emas. Oldindan aytay bu pulni kim yechganini topa olmaysiz. Bank ham yordam bermaydi.

Bu kanal rasmiymi rasmiy emasmi bilmayman lekin adminlarini ko'zi ko'rligi aniq. Haqiqiy bo'lmagan va o'g'rilarning reklamasini kanalda e'lon qilgan. Bu postni 5000+ kishi ko'ribdi. Shulardan kamida 100tasi bu tuzoqqa tushgan bo'lsa juda katta zarar bu.

Berilgan saytning bosh sahifasi Clickning bosh sahifasi bilan bir xil. Qachonki boshqa tugmalarga bossangiz haqiqiy clickning websahifasiga o'tkazadi. Juda yaxshi clonelashgan.

Qanday qilib hali ham shunaqa habarlarga ishonadi insonlar tushinmayman. Qachon tushinishadi hech kim shunchaki pul berib qo'ymasligini. Kirayotgan saytingizni linkiga e'tibor bering. Sohta saytlarga ishonib siz ham pulingizni o'g'irlatib qo'ymang.