Get Mystery Box with random crypto!

#turizm #vertolyot #uzbekistan_helicopters 'Uzbekistan Heli | Jizzakh Tourism official

#turizm #vertolyot #uzbekistan_helicopters

"Uzbekistan Helicopters" MCHJ vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi.

30-noyabr dan 2-dekabr sanasiga qadar bo'lib o'tgan "Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi - 2022" doirasida Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i S. Raxmankulov «Uzbekistan Helicopters» MChJ rahbariyati bilan Jizzax viloyatining diqqatga sazovor joylari bo'ylab vertolyotda sayohatlarni amalga oshirish bo'yicha bitimlar imzolashganini aytgan edik.

Bugun viloyatimizga "Uzbekistan Helicopters" MCHJ vakillari tashrif buyurishib vertolyot qo'nish maydoni, marshrutlari va joylarini o'rganish ishlarini olib borishdi.

Yaqin kunlarda nafaqat Jizzax viloyatining balki respublikamizning diqqatga sazovor joylari bo'ylab qulay, zamonaviy va tezkor vertolyot xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling.
Telegram Facebook Instagram YouTube