Get Mystery Box with random crypto!

#stajirovka 2022-yil 12-dekabrdan 19-dekabrgacha bo‘lgan m | Jinoiy odil sudlov fakulteti

#stajirovka

2022-yil 12-dekabrdan 19-dekabrgacha
bo‘lgan muddatda TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Dildora Bazarova, Gulchehra To‘laganovа va Dilbar Suyunovalar Praga shahridagi (Chexiya) Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida malaka oshirish kurslaridan o‘tishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari natijalariga ko‘ra "Legallashtirishga qarshi sanksiyalarga rioya qilish: sanksiyalarni tekshirishni modernizatsiya qilish" sohasida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatganligi to'g'risida Praga (Chexiya Respublikasi) Evropa amaliy fanlar va menejment instituti va "INTEAS" xalqaro akkreditatsiyalangan ta'lim jamiyatining "Jinoiy daromadlarni legallashtirish sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish muammolari" bo‘yicha malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.

Shuningdek, malaka oshirish natijalariga ko‘ra, Evropa Amaliy fanlar va menejment institutining faxriy a'zolari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarga (magistrlar) legallashtirishga qarshi kurash bo'yicha tashkilotlar xodimlariga (huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, bank muassasalari va xalqaro darajada) ekspert sifatida dars berish va ma'ruza qilish huquqini beruvchi ICA (Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi) xalqaro tashkiloti a'zolari etib saylandilar.

@TSUL_CPL