Get Mystery Box with random crypto!

UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini oshirdi: Prezident tops | JIGULI MASKVICH BOZORI | ЖИГУЛИ МАСКВИЧ БОЗОРИ

UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini oshirdi: Prezident topshirig‘i o‘z vaqtida bajarilmoqda

Pandemiyaga qadar bo‘lgan ishlab chiqarishga erishish bugungi kunga kelib, yil boshida shartnoma tuzilgan avtomobillar umumiy sonining 92 foizini (82 300 tadan ortiq avtomobil) iste’molchilarga shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan bir necha oy oldin topshirish imkonini berdi. Ishlab chiqarilgan 2 700 dan ortiq avtomobil iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida, qolgan 4 300 donasi esa ishlab chiqarish jarayonida, bu topshiriqni 30 aprelga qadar bajarilishini ta’minlaydi. Umuman olganda, 2022-yil boshidan hozirgi kunga qadar egalariga 104 000 dan ortiq avtomobil (shu jumladan premium segment) topshirildi.

Global va geosiyosiy inqirozlar sharoitida kompaniya tomonidan ko'rilgan barcha chora-tadbirlar "zahira" tashkil etish imkonini berdi - hozirda dilerlik markazlarida 2000 ga yaqin avtomobillar, shu jumladan, 1000 dan ortiq Nexia avtomobillari mavjud.