Get Mystery Box with random crypto!

Amir Temur Anqara janggidan so'ng diqqat e'tiborini salibchila | JIDDIY TARIX | 21

Amir Temur Anqara janggidan so'ng diqqat e'tiborini salibchilarning Kichik Osiyodagi eng oxirgi makoni bo'lgan Izmir qal'asiga qaratdi. Bu qal'ani 200 yil davomida hech kim zabt etolmagan edi. Turon qo'shini qal'ani qishning sovuq kunlarida 15 kun ichida fath qilishdi. Salibchilarga yordamga kelayotgan ikki ming kishilik qo'shin qal'a qo'ldan ketganini bilgach ortga qaytib Rodos orolidan panoh topishdi. O'sha vaqtda Amir Temurning yonida bo'lgan usmoniylar sultoni Boyazid o'zining tezkor g'alabalari bilan nom qozongan, "Yildirim" laqabini olgan edi. Hatto u ham bu qal'ani egallay olmagandi. Shunda u Amir Temurning juda mohir sarkarda ekaniga tan berdi.

Каналга уланиш
JIDDIY TARIX