Get Mystery Box with random crypto!

Eng zo‘r bo‘lish haqida mulohaza Faraz qilay, men eng zo‘r Ta | 😁Jek😁

Eng zo‘r bo‘lish haqida mulohaza

Faraz qilay, men eng zo‘r Tarixchilardan biri bo‘lib yetishdim kelajakda. Shu qadar buyuklikka va mashhurlikka erishdimki, hatto o‘tmishda o‘tgan eng buyuk tarixchilar bilan ham mening nomimni bir qatorga qo‘yib tilga ola boshlashdi deylik. Xo‘sh, nima bo‘libdi endi shunga? O‘sha vaqtda ruhim chuqur qoniqish hosil qiladimi? Yoki cheksiz baxtni his qilamanmi? Shunday bo‘ldi ham deylik, keyinchi? Nima bo‘libdi baxtni his qilsam? Yo u o‘lgunimcha davom etadimi? 

Ha, do‘stlar, men hayotning ma’nosi nima o‘zi degan klassik savolning bir qismini aytayotgandek bo‘lyapman, shunday emasmi? 

Maqsad, eng zo‘ri bo‘lishi kerakmi? Maqsad shon-sharafga burkanish bo‘lishi lozimmi? Maqsad shunchaki pul topib bola-chaqani va o‘zini boqish bo‘lishi kerakmi? Maqsad nima bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi? 

Har bir odam yolg‘iz qolib hayot haqida biroz mushohada yuritsa ham o‘zining naqadar ahmoq ishlar bilan mashg‘ulligini bemalol ko‘ra biladi, lekin aksariyat holda bunga qarshi nimadir qilish uchun u baribir tuzukroq vaj ham, iroda ham topa olmaydi. Qanday bema’nilik. Hammasi chalkashib ketyapti yana. Nima qilish kerak? O‘ylab ko‘ring.

#Jek
@Jek_Jiddiy