Get Mystery Box with random crypto!

Koinot chegarasi bormi? Har bir inson umrida bir marta bo‘lsa | 😁Jek😁

Koinot chegarasi bormi?

Har bir inson umrida bir marta bo‘lsa ham osmonga, yulduzlarga qarab bu olam cheksizmi yoki yo‘q degan savolni o‘ziga bergan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bugungi astronomiya bu savolga javob bera oladimi?

Keling siz bilan xayoliy eksperiment o‘tkazib ko‘ramiz. Kunning yorug‘ payti, ochiq osmon ostida, ko‘l yonidasiz, agar siz ko‘lga qarasangiz unda quyoshni aksini ko‘rasiz. Nimaga? Chunki quyoshdan chiqqan nurlar suvga urilib qaytadi va qaytgan nur sizning ko‘zlaringizga tushadi. Va shu payt siz osmonga qarasangiz u yerda ham quyoshni ko‘rasiz to‘g‘rimi? Chunki quyoshdan chiqayotgan yorug‘lik sizni ko‘zlaringizga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadi. Bundan kelib chiqadiki siz ikkita har xil nuqtaga qarab bitta osmon jismini tasvirini ko'rishingiz mumkin.

Bir guruh astronomlar ayni shu eksperiment orqali yuqoridagi savolga javob topishga harakat qilib ko‘rishgan. Olimlar biror yulduzni teleskoplari orqali kuzatib, undan keyin teleskoplarini turli boshqa nuqtalarga qaratish orqali, o‘sha yulduzning koinot chegarasiga urilib qaytgan aksini tutishga urinib ko‘rishgan.
Agar koinot chekli bo‘lsa yulduzdan chiqqan nurlar koinot chegarasidan urilib qaytishi va qaytgan nurni teleskoplar orqali ko‘ra olishimiz kerak. Va biz osmonning ikki nuqtasida bitta yulduzning ikkita tasviri ko‘rishimiz kerak bo‘ladi, xuddi siz xayoliy eksperimentda bitta quyoshni ikkita tasvirini ko‘rganingizdek. Lekin bugungi kungacha hech kim bunday voqea guvohi bo‘lmadi.

Demak koinot yoki cheksiz yoki shu qadar kattaki xato yorug‘lik uning chegarasiga yetib borishga ulgurmagan.

#Jek
@Jek_Jiddiy