Get Mystery Box with random crypto!

Kitob o‘qish nimaga kerak? Ko‘p narsani bilishning bir qancha | 😁Jek😁

Kitob o‘qish nimaga kerak?

Ko‘p narsani bilishning bir qancha yo‘llari bor, shulardan biri balki eng yaxshisi bu kitob o‘qish. Kitob o‘qish ko‘p narsani bilish uchun kerak.

Xo‘p unda boshqa savol, ko‘p narsani bilish nima uchun kerak? Inson qancha ko‘p narsa bilsa hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan: Aqlli odamlar boshqalardan ko‘proq umr ko‘rishi haqidagi statistikani eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aqlli bo‘lish insonga hech qanday biologik yutuq bermaydi. Shunchaki aqlli odamlar to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va shu kabi vaziyatlarda ko‘p holda to‘g‘ri qaror qabul qilishadi. Va ularning to‘g‘ri qarorlari uzoqroq yashashlariga xizmat qiladi.

#Jek
@Jek_Jiddiy