Get Mystery Box with random crypto!

Hech kim yordam bermaydi Imkoniyatdan foydalanmasang, senga h | SOQQACHI BOLLA

Hech kim yordam bermaydi

Imkoniyatdan foydalanmasang, senga hech kim yordam bera olmaydi, hatto xudo ham sendan harakat, mendan barakat deydi. Аslida barcha imkoniyatlar oldimizda, atrofimizda, faqat undan foydalanishni bilishimiz kerak xolos. Ha, oson emas, ha, ter toʼkish kerak, ha, mehnat qilish kerak, lekin nolib oʼtirgan bilan, ishoning, hech narsa oʼzgarmaydi.

Oʼrtoqlar, oldin oʼzingiz harakat qilib koʼring, oʼxshamasa, yana harakat qilish kerak, hech kim sizga oson boʼlishini kafolatlamaydi, hayotda oʼz oʼrningizni topish uchun oʼzingiz harakat qilmasangiz, hech kim sizga yordam bermaydi.

Hamma narsadan kir qidirsangiz, hamma narsaning negativ tomonini koʼraversangiz, hayotingiz borgan sari tubanlashib ketaveradi. Yaxshi niyat bilan harakat qiling, qalbingizda birovga nisbatan adovat, qandaydir qora tuygʼu boʼlmasin, albatta ishingiz oʼngidan keladi.

Bugun hammasi yaxshi boʼlib ketmas, ammo siz taslim boʼlmang, harakatdan toʼxtamang.

#Jek
@Jek_Jiddiy