Get Mystery Box with random crypto!

Shioringizni to'g'ri tatbiq qiling - Ko'p kuzatayapman, aksar | REAL MADRID VS BVB

Shioringizni to'g'ri tatbiq qiling

- Ko'p kuzatayapman, aksariyatimiz aytayotgan gaplarimizni mag'zini chaqmaganmiz.

- "Xudo xohlamasa bo'lmaydi", "Xudo xohlamasa foydasi yo'q", "Xudo beradi", "hammasi Xudodan".

- Bu gaplar qachon aytiladi? Siz bor imkoniyatingizdan foydalangan holda harakat qilib, natijasini kutayotgan paytingiz aytiladi.

- Aksariyat odamlar nima qilyapti? Hech qanday harakat qilmay, bu so'zlarni aytgan holda natija kutishadi. Hech narsa qilmaganingiz natijasi Hech narsa bo'ladi.

- Bu bilan yuqoridagi so'zlarni ishlatmang demoqchi emasman. Ishlating, faqat o'z joyida. Ya'ni sababini qilgandan so'ng.

- Biz shunchaki ojiz bandalarmiz. Natijani taminlab bera olmaymiz. Lekin, natija uchun sababini qilish - bizning burchimizdir.

#Jek
@Jek_Jiddiy