Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshisi postni o'qimang, miyangiz hazm qila olmay qolishi mum | 😁Jek😁

Yaxshisi postni o'qimang, miyangiz hazm qila olmay qolishi mumkin

Amerika filmlarini, multfilmlarini tomosha qilsangiz, qahramonlar umuman uddalashi qiyin boʻlgan ishlarni bajarishadi. Supermen, oʻrgimchak odam, betmen shular jumlasidan.

Eʼtibor bering, ular bolalarga nimalarni singdirmoqda? Uddalab boʻlmaydigan ish yoʻqligini, hammasi oʻz qoʻlingda ekanligini, faqat oʻzing xohlasang, atrofdagi barcha senga yordamchi boʻla olishini singdirishmoqda.

Endi oʻzimizning qahramonlarga eʼtibor bering, “Zumrad va Qimmat” o'gay ona va har ishni “xop boʻladi” deb bajaradigan sipo qizga bitta kampir bir sandiq tilla berib yuboradi. Oson-a? Ikki kun bitta yaxshi kampirnikida xizmat qilsang, bir sandiq tillo bor. U kampir u tillolarni qayerdan oldi? Shuncha tillosi bor odam uyiga bitta xizmatkor olsa, boʻlmaydimi? degan savollar oʻninchi planda ham bolaning miyasiga kelmaydi.

Yoki “Kenja botir”ni olaylik, uch aka-uka boʻlar emishda, eng kuchlisi kenjasi boʻlar emish, keyin u podshohning qizini bitta oʻlimdan saqlab qoladi va podshoh unga mamlakatning yarim mulkini tortiq qilib yuboradi. Oson ekan-da?

Yoki Afandini oling, u kambagʻallarni himoya qilaman deb boyni pulga uxlatadi, bu degani boyni uxlatib ketsa ham boʻlaveradi, boyga balo ham urmaydi degani. Boy doimo salbiy obrazda gavdalanadi, kambagʻal esa doimo ijobiy obraz timsoli. Afandi aldab birovning pulini uxlatib ketdi-ku, bu mumkinmi? deydigan savolni hech kim oʻylab ham koʻrmaydi.

Bunday qahramonlarga ega boʻlgan avlod katta boʻlsa, nimalar qiladi? Bir million dollar pul topib olsaydim, zoʻr boʻlar edi-da deb oʻzini oʻzi ovutib yuraveradi.

Juda boʻlmasa, bitta boyning qiziga uylanib olish xayoli uni aslo tark etmaydi. Doim osmondan chalpak yogʻishini kutib yashaydigan yoki qaysidir boyni aldab pulini chayib yuboradigan boʻlib qoladi.

Farzandingizning qahramonlariga eʼtiborliroq boʻling.

bektoshkhatamov
#Jek
@Jek_Jiddiy