Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtingni nimalar uchun ajratyapsan? Ey do‘stim, inson kallas | Javoxir's blog

Vaqtingni nimalar uchun ajratyapsan?

Ey do‘stim, inson kallasidagi narsalar miqdoricha gapiradi. Qalbga ko‘chganlari bo‘yicha esa yashaydi. Bu juda oddiy. Kechasi 00-01 larda futbol ishqibozi ham, namozxon obid ham bedor bo‘lib chiqishi mumkin. Ikkisi ham uxlamaydi. Ikkisi ham qalbidagi narsa uchun uyqusidan voz kecha oladi.

Bir inson xotirasi sustligidan, Qur’on yodlashga qiynalayotganidan shikoyat qildi. Uning birinchi gapi yolg‘on: xotirasi hech ham sust emas-da! Axir u futbolning shuncha guruhlari-yu o‘yinchilari nomlarini, qaysi o‘yinda qaysi futbolchi dushman darvozasiga qanday to‘p kiritganini qaysi xom kallasida yodlab qolgan?! Endi ikki yelka ustidagi shu dumaloqning Qur’on yodlashga kelib ishlamay qolishi qiziq-ku!
Ibn Qayyim rohimahulloh aytadi: «Vaqtni zoe qilish o‘limdan ham og‘ir. Chunki vaqtni zoe qilish seni Allohdan va oxirat diyoridan uzsa, o‘lim dunyo va uning ahlida uzib qo‘yadi. Dunyo boshidan oxirigacha (yo‘qotilgan) bir soatning qayg‘usiga arzimaydi. Endi (yo‘ qotilgan) butun umrning qayg‘usi qanday bo‘lsin!?»
Do‘stim, sening bu vaqting barcha narsadan qimmat! Uni ahmoqlar to‘dasi bilan yeb bitirma!

Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: «Allohga qasam, yoshlikni faqat bir narsaga o‘xshataman: qo‘limda turib tushib ketib qolgan narsaga».
Tushirib yuborishingdan avval qo‘lingdagi narsadan foydalanib qol!

Kun kelib sen kirgan «gôr»ni ham xarsangtosh bosib qolsa, toshni surib tashlaydigan bir amaling bo‘lsin!

#dôstimga #advice

@javoxirs_blog