Get Mystery Box with random crypto!

#Ramazon_muborak #advice #dôstimga Allohga hamd, Rasuliga sal | Javoxir's blog

#Ramazon_muborak
#advice #dôstimga
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng:
«Bir a’robiy Ramazonda to‘lin oyga qarab: «O‘zing semirib, meni ozdirding-a!» degan ekan.
Ramazon, do‘stim, har oy qilishimiz kerak bo‘lgan ibodatlarning ro‘yxati keltirilgan jonli namunadir:
- barvaqt uyg‘onish; - kam ovqatlanish;
- tungi namozlar;
- Qur’on tilovati;
- ilm majlislari;
- masjidga ko‘p qatnash;
- ma’siyatlardan uzoq bo‘lish;
- yaxshiliklarga intilish va hokazo.
Biz 11 oy davomida yo‘qotib qo‘ygan narsalarimizni mana shu oyda qaytadan topamiz.
Qizig‘i, bu oy tugashi bilan topganlarimizni yana bitta-bitta yo‘qota boshlaymiz. Odatda, topgan narsasini qayta yo‘qotgan inson «laqma» deyiladi.
Kel, Ramazon oyini laqma bo‘lib emas, topganini qayta yo‘qotmaydigan darajada xushyor va ziyrak bo‘lib kutib olamiz.

Do‘stim, Ramazon muborak!


@javoxirs_blog