Get Mystery Box with random crypto!

Har gunohning bir badali bor! Bir tolibi ilm ko‘z zinosini qi | Javoxir's blog

Har gunohning bir badali bor!

Bir tolibi ilm ko‘z zinosini qilganda ustozi deydi: «Allohga qasam, mana shu gunoh ta’sirini bir kun albatta ko‘rasan!» O‘sha talaba aytadi: «Men u ta’sirni yigirma yil kutdim. Kechalarning birida uxladim. Tong otgach, Qur’onni to‘liq unutgan holda uyg‘ondim». U hofizi Qur’on edi...
Do‘stim, har gunoh evaziga bir badal bor. Eng og‘ir badal - qalbning muhrlanishi.
Salaflar qalbni inson kaftiga o‘xshatadilar. Har gunoh bitta barmoqning yopilishini, har solih amal uning ochilishini ta’minlaydi. Inson xatodan xoli emas. Xato qilsang tavbaga shoshil va ortidan bir yaxshilikni ergashtir. Zero yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi.
Unutmaki, Rahmonning tavba eshiklari hanuz ochiq. Hatto uni taqillatishingga hojat yo‘q.
Salaflardan birining boshiga musibat tushganda do‘sti oldiga kelib: «Robbing eshiklarini taqillatishdan boshqa qanday chorang bor?!» deb nasihat qiladi. U esa: «Robbim eshiklari yopiqmaski uni taqillatsam...», deb javob beradi.
Do‘stim, sen G‘affor tomon eng yaqin eshikdan kir.
Ibn Qayyim rohimahulloh aytgan: «Kirmoq uchun Allohning eshiklarini taqillatib ularda katta izdihomni topdim. Faqat xorlik eshigidagina oz sonli odamlarni ko‘rdim va uning oldida to xtadim. Keyin bildimki, u Allohga eng yaqin eshik ekan».

Ishonch bilan zorlanib: «Ey Robbim» deki, qalbingdagi qayg‘u toshlari qulasin. Axir gunoh tufayli kelgan qayg‘udan ham ayanchlisi bor ekanmi?!


#dostimga #advice