Get Mystery Box with random crypto!

Alloh yo‘lida ajralishni ham o‘rgan! Men chekmayman, sen ham. | Javoxir's blog

Alloh yo‘lida ajralishni ham o‘rgan!

Men chekmayman, sen ham. Chunki bu iflos narsa.
Mening gaplashadigan (nomahram) «qizim» yo‘q, sening ham. Chunki bu qaytarilgan ish.
Buni eshitib ajablanadiganlarga ajablanaman. «Birorta qiz bilan gaplashmagan yigit ham bo‘larkanmi?!» deb, dunyo kishilarining hammasini o‘zlariga o‘xshatishlari g‘ashimga tegadi. Ular uchun chekish, qizlar bilan yurish, o‘zaro so‘kinib gaplashish, o‘z-o‘zini sevish, o zgaga tupurish, o‘zlikdan uyalish, umuman, axloqsizlik «normal» holatga aylanib qolgani qalbimni og‘ritadi. Xulq bizdan ularga o‘tganidek, ulardan bizga ham o‘tadi. Har kim o‘z o‘xshashi do‘st bo‘ladi.
Molik ibn Diynor rohimahulloh aytadi: «Xuddi qush turlari kabi insonlarning ham turlari bor: kabutar kabutar bilan, qarg‘a-qarg‘a bilan, o‘rdak o‘rdak bilan, sa’va sa’va bilan bo‘lganidek har bir inson o‘zining o‘xshashi bilandir».
Shuning uchun, Alloh yo‘lida do‘stlashish bilan bir qatorda Alloh yo‘lida ajralishni ham o‘rgan!
Ey do‘stim, yaqiningda turgan barchani chin do‘st deb o‘ylasang, bilki, Yusufning akalari ham u bilan birga yonma-yon ulg‘ayishgan edi.
Maslahat so‘rasang: «Bu alg‘ov-dalg‘ov tushdir», deb qutulib qoladiganlarni atrofingda to‘plashdan ne foyda!?
O‘zingdan olis tomonlarni ham kuzatib tur! Ehtimol, yoningdagi yaqiningdan ko‘ra yaxshi hamsuhbat bo‘luvchi uzoqdagi bir notanishni toparsan.



Yoningda bop turib uzoq bo'lganlar bor...


#dostimga #advice