Get Mystery Box with random crypto!

q.watt eng kerakli vaqtda yordamga keldi Toshkent shahrida 26 | Javohir Achilov | IT Blog

q.watt eng kerakli vaqtda yordamga keldi

Toshkent shahrida 26-dekabrdan boshlab quvvatga ega "powerbank"larini ijaraga olish mumkin boʻlgan avtomatlar ishga tushibdi(energiya muammosi vaqtida ayni muddao). Ularni Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida va “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining ko‘plab filiallarida uchratish mumkin. Hozirda ular 100 dan ortiq joylarda oʻrnatilgan.

q.watt - zaryadlovchilarni ijaraga beradigan kompaniya. Xoʻsh tizim qanday ishlaydi?

- Ilovani yuklab oling va kartani ulang.
- Eng yaqin q.watt stantsiyasini toping, ekrandan QR kodni skanerlang va "powerbank"ni oling.
- Unda gadjetlar uchun barcha kerakli ulagichlar mavjud - Lightning, Type-C va micro-USB.
- Quvvat bankini ikki kun ichida istalgan boshqa "q.watt" bankomatiga qaytaring.

q.watt hozirda metro, sport zallari, savdo tarmoqlari, savdo markazlari, universitetlar va turli ko'rgazmalarda mavjud.

@JavokhirAchilovBlok