Get Mystery Box with random crypto!

2022-yil... ajoyib bo'lmadi lekin ajoyib dars bo'ldi . Hayotim | Javohir's

2022-yil... ajoyib bo'lmadi lekin ajoyib dars bo'ldi . Hayotimdagi eng ko'p saboqlarni aynan shu yilda oldim. 2023-yil men uchun eng foydali va sarguzashtlarga boy bo'lishini his qilyapman. 2022-yil bu uchun chiroyli tajriba bo'ldi. Bu yil ulg'ayganimni chin manoda his qildirdi. Atrofimdagi insonlar kimligi va qandayligini bildim. Ko'plab xatolar qildim, ulardan to'g'ri xulosa chiqarishni o'rgandim. O'zimni anglashni, ichki dunyoyimni his qilishni boshladim. Avvalari kimlarga havas qilardimu, aslida kimlarga havas qilishim kerakligini anglab yetdim. Eng muhimi o'zimga bo'lgan ishonch, harqanday holatda ham o'zimga o'zim kerakligini tushundim. Alhamdulillah hammasi uchun rahmat.

-asli qanaqa yashashni anglatgani uchun
-o'zligimni his qildirgani uchun

Alloh kelayotgan yilda hammangizga omad, baxt bersin. Chiroyli yashang, o'zingizga o'zligingizga ishoning, biror nimadan afsuslanmaslik uchun harakat qiling, butun borliqdan zavq oling, oshiqlikni Allohga qiling, diningizda mustahkam bo'ling. Hayotingizdagi yangi sahifa muborak bo'lsin. Alloh xayrini bersin, barakali bo'lsin. Hech qanday yolg'onlarsiz, qoraliklarsiz katta yurak ila toza qalb bilan boshlang uni.

@Javokhir_MM