Get Mystery Box with random crypto!

'Computer Vision AI Challenge' xakatonning birinchi kuni bo'li | Javohir Jalilov | Blog

"Computer Vision AI Challenge" xakatonning birinchi kuni bo'lib o'tdi. Ushbu xakatonda tashkilotchilari ochilish uchun so'zga chiqdi:

1. MITC vakili - Pekos Oleg Andreevich ( O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari vazirining birinchi o'rinbosari)

2. IT Park vakili- Radjabov Jaxongir (It-Park direktori o'rinbosari)

3. TATU vakili - Maxkamov Baxtier SHuxratovich – TATU rektori.

BMT ning O'zbekistondagi vakili - Doina Munnteanu.

Ochilishdan so'ng coffee break bo'lib o'tdi, u vaqtda biz bir nechta jamoalar bilan tanishdik, hozirda xakatonga 50 dan ortiq jamoalar ro'yhatdan o'tdi, shular qatorida bizning jamoa CODESCHOOL ham ishtirok etmoqda.

Ayni paytda hamma o'zining Computer Vision loyihasi bilan chiqishi aytildi. Hozirda loyiha ustida ishlamoqdamiz. Keyingi postlarimizda xakaton tafsilotlarini ulashib boramiz.

@codeschooluz