Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi 1 oyda juda ko'plab resumelarni ko'rib chiqishga to'g'r | Javohir Berdiyev | Blog

Oxirgi 1 oyda juda ko'plab resumelarni ko'rib chiqishga to'g'ri kelyapti.
Ish qidirayotgan dasturchilarga bazi oddiy bo'lgan maslahatlar bermoqchi edim. Aslida ko'pchilik resume yozish haqida ma'lumotlar berishgan, videolar qilishgan.

- linkedin yoki googledan ismingizni yozganda siz haqingizda ma'lumot chiqadigan bo'lsin, chunki resumeda ko'pchilik juda kam ma'lumot yozadi

- github akkaunt ko'rsatgan bo'lsangiz repositorylar ham bo'lsin, bo'sh akkauntni qizig'i yo'q hechkimga

- resume yuborgan korxonaga salgina bo'lsa ham qiziqing, ma'lumot olishga harakat qiling

- biror joyda ishlagan bo'lsangiz "backend dasturchi" yoki "frontend developer" deb qisqagina yozmay, u yerda nima ish qilganingiz haqida qisqacha bo'lsa ham ma'lumot yozing

- portfolioyingizni to'ldiring, local kompyuteringizdagi qilgan ishlaringiz uncha qiziq emas

- biror o'quv markazda darsda qilgan ishlaringizni porfolio sifatida qo'shmang

- suhbatga chaqirishsa, hech bo'lmasa internetdan "interview questions" deb qidirib salgina bo'lsa ham suhbatga tayyorlanib keling
...
yana fikrlar kelsa yozaman