Get Mystery Box with random crypto!

Javohir Solijonov

Telegram kanalining logotibi javohir_code — Javohir Solijonov J
Telegram kanalining logotibi javohir_code — Javohir Solijonov
Kanal manzili: @javohir_code
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45
Kanalning ta’rifi

👨🏻‍💻 ITga oid ma'lumotlar,tavsiyalar va muallif hayoti,fikirlari haqidagi blog
💬 Savol va takliflar uchun: @javohir_solijonov
❗ Boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profillarim http://myurls.co/javohir_coder
🔴 Bizning jamoa : https://t.me/circle_team

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-07-02 17:41:28
– O'zbekiston hududida TikTok va Twitterga cheklov qo'yilibdi....

– Hozircha ishlayapti, lekin juda ham sekin.....

– Batafsil:
https://kun.uz/58480983
101 viewsJavohir Solijonov, 14:41
Ochish/sharhlash
2021-06-28 06:17:18
Dunyo boʻyicha internet tezliklari reytingi eʼlon qilindi.

1. BAA 170mb/s
2. Janubiy Koreya 166.7mb/s
3. Qatar 159.66mb/s
130. Oʻzbekiston 12.51mb/s
139. Afgʻoniston 6.31mb/s

Biz faqat Jazoir, Uganda, Iroq, Bangladesh, Somali, Sudan, Falastin, Venesuela va Afgʻonistondan yuqoriroq pogʻonadaligimiz bilan maqtanishimiz mumkin.
106 viewsJavohir Solijonov, 03:17
Ochish/sharhlash
2021-06-22 15:16:53
Bugun Azon.uz va Kun.uz saytlariga umuman xabar chiqmabdi…

Yashasin “so’z erkinligi!”


So’z erkinligi cheklangan joyda barchasi tugaydi! Iltimos juda bo’lmasa gapirishga qo’ying. Shu bilan odamlar o’zini ovutib yuribdi…
117 viewsJavohir Solijonov, 12:16
Ochish/sharhlash
2021-06-22 12:56:41
Mana isbot
101 viewsJavohir Solijonov, 09:56
Ochish/sharhlash
2021-06-22 12:56:04
Google foydalanuvchilari kompaniya xizmatlaridagi muammolar haqida shikoyat qilyabti. Downdetector portalining ma'lumotiga ko'ra, asosiy muammolar sayt ishlashida va akkauntga kirishda kuzatilmoqda.

Telefoningizga tinmay xatolik haqida bildirishnoma kelayotgan bo'lsa, sozlamalardan Googlening "автообновления"sini va oxirgi yangilangan versiyasini o'chirib yuboring.

@mabrur_dev
87 viewsJavohir Solijonov, 09:56
Ochish/sharhlash
2021-06-16 06:31:22 Channel name was changed to «Javohir Solijonov»
03:31
Ochish/sharhlash
2021-06-14 07:03:24 Javohir Solijonov pinned « Telegram Cheklovlari haqida bilasizmi ? Agar bilmasangiz bu post siz uchun. Nega Telegramda cheklovlar mavjud? Xuddi boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari, Telegram ham foydalanuvchilarning adolatli foydalanish siyosatiga rioya qilishlari va telegram xizmatlarini…»
04:03
Ochish/sharhlash
2021-06-14 07:03:12 Telegram Cheklovlari haqida bilasizmi ? Agar bilmasangiz bu post siz uchun.

Nega Telegramda cheklovlar mavjud?

Xuddi boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari, Telegram ham foydalanuvchilarning adolatli foydalanish siyosatiga rioya qilishlari va telegram xizmatlarini yaxshiroq ishlashini ta'minlash uchun cheklovlardan foydalanadi.
Ushbu jadvalda hozirda ma'lum bo'lgan Telegram limitlari keltirilgan va ular yangilanib turadi.

Profil

Foydalanuvchi nomi:
5 dan 32 gacha belgilar
Bio:
70 belgigacha
Ism uzunligi:
1 dan 64 tagacha belgilar
Familiya uzunligi:
0 dan 64 tagacha belgilar
Spam:
3 kun yoki undan ko'proq
Siz a'zo bo'lishingiz mumkin bo'lgan kanallar va super guruhlarning soni:
500 tagacha
Saqlangan GIFlar soni:
200ta gacha
Profilga video davomiyligi:
10 soniyagacha
Guruh va kanal yaratish:
kuniga 50 tagacha
Yarata olishingiz mumkin bo'lgan profillar soni (rasmiy mijozlarda)
3ta gacha


Chatlar va guruhlar

Guruh a'zolar soni:
200 000ta gacha
Guruhlardagi administratorlar soni:
50ta gacha
Guruhlardagi botlarning soni:
20ta gacha
Guruh nomi va tavsifi:
255ta belgigacha
Xabarni tahrirlash:
yuborilganidan keyin 48 soat ichida
So'nggi harakatlar (obunalar, postlar va boshqalar)
oxirgi ikki kun
Guruhdagi ko'rinadigan xabarlar soni:
1.000.000ta
Pinlangan xabarlar raqami:
cheksiz
Ovozli chat ishtirokchilari:
cheksiz


Kanallar

Bitta profil band qilishi mumkin bolgan Havolalar soni:
10 tagacha (shu jumladan guruhlar)
Kanal username uzunligi:
5 dan 32 gacha belgilar
Kanal nomi va tavsifi:
255 belgigacha
Kanal administratorlari soni (botlarni ham o'z ichiga oladi:
50 tagacha
Xabarlarni tahrirlash:
cheksiz
Kanal obunachilarining soni:
cheksiz
Kanal admini uchun ko'rinadigan obunachilar:
200 kishi
Kanalni o'chirish:
1K dan ortiq obunachiga ega kanallarni faqat Telegram ko'magi yordamida o'chirish mumkin
Obunasiz xususiy kanalga kirish
kuniga bir marta 5 daqiqagacha
Foydalanuvchilarni taklif qilish:
200 kishiga qadar


Xabarlar
Bitta xabar uzunligi:
4096 belgigacha
Media uchun xabarlar soni:
1024 belgigacha
Fayl hajmi chegarasi:
2,0 Gbaytgacha
Video xabarning davomiyligi:
1 daqiqagacha
Rasmlar va videolar bitta xabarda: (albom)
10 tagacha narsalar
Rejalashtirilgan xabarlarning soni:
100 tagacha

https://t.me/Javohir_code
168 viewsJavohir Solijonov, 04:03
Ochish/sharhlash
2021-06-12 14:23:01 Nega ko’p bitiruvchilar ish topa olishmaydi? Axir kompaniyalar ham ishchi qidiradi-ku?

Shaxsiydan “men dasturlashni o’rganmoqchiman, ammo vakansiyalar kanalini ko’rsam 100lab dasturchilar ishsiz ish qidirib yurishibdi. Ertaga man ham dasturlashda o’qisam 1000$ ga ish topa olamanmi?” deb so’rashgan ekan. Qiziq, haqiqatdan nega kompaniyalarga dasturchi, bitiruvchilarga ish kerak. Lekin ular bir-birini hech ham topa olmaydi. Bunga sabab: “Ishga kirishga ish staji, ish staji yig’ishga ish kerak” degan ahmoqona gap emas.

Keling muammoni boshiga qaytamiz. Muammo aslida borib o’quv markazlarining reklamasiga borib taqaladi. Ishkallik shu yerdan boshlanadi. “Bizni kursni o’qing va 1000$ lik ish egasi bo’ling”, “Bizni bitirgan o’quvchi 1000$lik ishga joylashdi”, “Bizni bitirganlar kamida 2000$lik kadr bo’lib chiqishadi” va hakozo.

Odatda kuchli kadrlar, (reklamada ko’rsatilingan) 2-3 ta guruhning bittasidan chiqishadi. Tahminan 20/1 20/2 nisbatdagi o’quvchilar orasidan. 20/10 nisbatdagi o’quvchilar dasturlashni tark etadilar. Qolgan 20/8 nisbatdagi odam esa freelance, shogird, stajirovka evaziga ishga kirishadi.

Bundan reklamadan motivatsiya olgan o’quvchi, kursni bitiriboq birinchi qilgan niyati: “yaxshi bilim to’plash, jamoa bilan ishlash” emas. Balki “qancha maoshga ishga kirsa bo’ladi?” degan fikr bo’ladi.

Manga vakansiya bo’yicha qanday yozishadi: “Assalomu alaykum. Va alaykum assalom. Yaxshimisiz? Alhamdulillah. Ish borasida yozyabman. Yaxshi, rezyume yuboring. Aka, avval oylikni kelishib olaylik… Block user”

Hurmatli ishlash staji 0 va 0.5 yil orasidagi yosh dasturchilar. Sizlarda o’qishdan keyingi 2 yil ham o’qish. U vaqt davomida katta pul topishni orzu qilmang. U vaqt ichida biror jamoaning yetakchi vakili bo’lishga harakat qiling. Sizni ishingiz sabab qadrlagan kompaniya, siz uchun oyiga 2000$ to'lashdan qochmaydi. Ishonavering, 1 oylik staj bilan sizni hech kim “2000$”ga ishga olmaydi :))
122 viewsJavohir Solijonov, 11:23
Ochish/sharhlash
2021-06-11 14:57:03 Javohir Solijonov pinned « Telegramda bazi bir cheklovlar mavjud bolib, ularni hech kim chetlab o'ta olamydi. Shu kabi cheklovlar haqida post qilsam nima deysiz?»
11:57
Ochish/sharhlash