Get Mystery Box with random crypto!

​​Agar hali uylanmagan bo’lsangiz va iqtisodiy tomondan hali m | Javohir Solijonov

​​Agar hali uylanmagan bo’lsangiz va iqtisodiy tomondan hali mustahkam bo’lmasangiz, qizlar mavzusini umuman yopishni tavsiya qilaman.

Kengroq aytganda, aynan sevgi mavzusini. Sevgi va qizlar mavzusi turli narsalar. Ishqiy tuyg’u va biologik ehtiyojni farqiga borishimiz kerak. Men yetkazmoqchi bo’lgan fikr shuki, qiz bola uchun “o’lib” qolish kerak emas, ayniqsa yuqorida aytgan holatda bo’lsangiz. Akalar va ukalar, hozir siz mustahkam poydevor haqida o’ylashingiz kerak. Ustingizda tinmay ishlang, bilim oling, orzuingizdagi mashinani oling, katta uy sotib oling, yoniga vertolyot uchun joy ajrating, sayohat qiling, odamlar bilan tanishing.

Hozir sizdagi vaziyat Telegram profilingizga “hiyonat”, “iztirob”, “sevgi”, “meni tashlab ketding Oysha” mavzusidagi rasmlardan iborat hayot bo’lmasligi kerak.

Bir achchiq haqiqat bor. Ming sevgiga sho’ng’ib ketgan bo’lsangiz ham, bir narsani esdan chiqarmang: Gul ko’tarib turgan, ammo orqasida mustahkam poydevori yo’q bola qizlarga qiziq emas. Bunday erkak qizlarga na%uy kerak? Zamon shunaqa.

Shu sababli, akalar va ukalar, ish bilan band bo’ling. Ular esa dunyoda juda ko’p, o’zingizga va poydevorga e’tibor qarating. Sizga gul ham kerak bo’lmay qoladi.
Manba:https://t.me/Abduganiev_blog