Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib ertalab vaqtli uygʻonish mumkin? 1) Ertalab vaqt | Javobni Top!

Qanday qilib ertalab vaqtli uygʻonish mumkin?

1) Ertalab vaqtli turishingiz uchun sabab toping va aniq maqsad qoʻying. Nimani oʻylab uxlasayiz, shu oʻy hayollar bilan uygʻonasiz. Shu sababli sabab va maqsadingiz boʻlsin.

2) Budilnikni iloji boricha uzoqroqqa qoʻying. Bu holatda uni oʻchirish uchun harakat qilib oʻrningizdan turishingizga toʻgʻri keladi. Harakat energiya vujudga keltiradi. Bu esa uyqungizni qochirishga yordam beradi.

3) Tishingizni yuving. Bu ishni sovuq suv bilan amalga oshirishingizni maslahat beraman. Ooʻzingizdan kelayotgan xushboʻy hid, uyquni qochirishga yana bir qadam hisoblanadi.

4) Bir stakan suv iching. Organizmga kerakli boʻlgan suv miqdorini toʻldiring va bu ishni iloji boricha tezroq amalga oshiring. Suv miyya faoliyatini yaxshilaydi.

5) Jismoniy mashqlar bilan shugʻullaning. Badantarbiya mashqlari va yugurish sizni tetik holatga keltiradi.

Uyquchi doʻstlarimizga yuboramiz

@Javobni_Top