Get Mystery Box with random crypto!

#thinking 30-may kuni ommaviy axborot vositalari inson miyasi | Javlonbek Ayyub

#thinking

30-may kuni ommaviy axborot vositalari inson miyasiga taʼsiri haqida ajoyib maqola oʻqib qoldim. Undan juda koʻp xulosa chiqardim va oʻsha kuni telegram akkauntimni telefondan ham, kompyuterdan ham oʻchirib tashladim. Hozir oʻsha akkauntimni telefondan ochsam 1923 ta yangi xabar kelibdi. 4 kun mobaynida 1923 ta, kuniga esa taqriban 500 ta xabar. Bu xabarlarni bir martada 10 tasini koʻrsam 50 marta, 5 tasini koʻrsam 100 marta fikrim boʻlinar ekan. Bu esa miya faoliyati uchun juda-juda xatarli ekan. Qolaversa boshqa ilovalar ham bor(Youtube)

P.S: Qanday kontentlar muhimligini aniqlab olib keraksizlardan voz kechish kerak ekan.
"Eng keraksiz narsalarni tashlash uchun havo shari qulashini kutish kerak emas."

@JavlonbekInc