Get Mystery Box with random crypto!

Java 101

Telegram kanalining logotibi java_stuff — Java 101 J
Telegram kanalining logotibi java_stuff — Java 101
Kanal manzili: @java_stuff
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67
Kanalning ta’rifi

Dasturlash Haqida | Java 101
Kanal yo'nalishi: Backend
Dasturlash tili: Java

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-01 10:05:11
If haqida gaplashamiz

If degan so'zni o'zbekchaga 'agar' deb tarjima qilsak bo'ladi.

If dasturlash tillarida holatni aniqlash uchun ishlatiladi. Ya'ni qandaydir shart qo'yiladi va shu shart to'g'ri bo'lsa qandaydir ish amalga oshiriladi.

Deylik x > 5 dan bo'lsa qandaydir ish bajarishimiz kerak shu xolatda if ni ishlatsak bo'ladi.

@java_stuff
60 views07:05
Ochish/sharhlash
2022-11-01 09:59:29 Selection Statementlarni ko'rib chiqamiz

If

if - else

Nested if

If-else-if

Switch

@java_stuff
60 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-10-25 07:01:50
Control Statementlarga kirib boramiz


Control Statementlar o'z ichiga Decision Making, Loop va Jump statementlarni oladi.

Keling oldin terminlarni ma'nolarini ko'rib chiqsak.


Kodlarni to'g'ri va biz hohlagandek ishlashi uchun biz ularni control ya'ni nazorat qilishimiz kerak bo'ladi.

Bu qanday amalga oshadi?

Biz variable nimaligini va qanday ishlashini kordik, variable ni tiplariga ham ajratdik, endi ularni ishlatishimiz kerak
Faqat ishlatish uchun bizga qurol uskunalar kerak bo'ladi, o'sha qurol uskunalarni umumiy qilib Control Statementlar deb atasak bo'ladi.


Control statementlar 3 xil turga bo'linadi:

Decision making / Selection - Qaror qabul qiluvchi statementlar
Loop / Iteration - Kodlarni bir necha bor takrorlovchi statementlar
Jump - sakrash ya'ni, qaysidur blokdagi kodni sakrab o'tish uchun yordam beradigan statementlar.


@java_stuff
90 viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-10-20 05:00:00
Bu ++, — operatorlar turishidan oson tushunchaga ohshaydi, vaohlanki odamni chalkashtirib qo'yadi. Sababini bilish uchun rasmga etibor beramiz.

Agar men qiymatni bittaga oshiriboq ekranga chiqarmoqchi bo'lsam qiymat o'zgarmaydi.

Sababi x++ da qiymat ohirida oshiriladi va yangi qiymatni keyingi qatordan ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Agarda ++x qiladigan bolsak birinchi qiymat oshirilib keyin o'zgaruchiga biriktiriladi.

Shuning uchun, 2 chi rasmda qiymatni oshganini darhol korishimiz mumkin.

@java_stuff
123 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-10-19 07:30:00
Increment and Decrement Operators

Qiymatni oshirish, kamaytirish operatorlari

Qiymatni oshirish yoki qiymatni kamaytirish operatorlari soni 2ga teng ya'ni bitta + emas ++ , ular qiymatni 1 ga oshirish yoki 1 ga kamaytirish uchun ishlatiladi.

Misol uchun bizda int x = 2; bor buni x++; qilsak qiymat bittaga oshadi.

Shunda x o'zgaruvchi 3 ga teng bo'ladi.

Huddi shunday, agar x--; qilsak unda 1 ga kamayadi va x qiymati 1 ga aylanadi.


Endi ++x; va —x; ko'rinishi ham mavjud, bu operator yuqoridagilar bilan birhilmi ?


P/S: Yo'q albatta.


@java_stuff
94 viewsedited  04:30
Ochish/sharhlash
2022-10-14 07:01:12 ​​Java dasturlash tili haqida suhbatlashamiz

Java dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. U banklar, IT-korporatsiyalar va strim xizmatlari uchun ishonchli ilovalar yaratish, onlayn-do'konlar, o'yinlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

"0 dan 1 gacha" loyihamizning navbatdagi sonida markazimiz ustozlari va «Epam» kompaniyasidan tashrif buyurgan mehmonimiz Jahongir Soataliev bilan Java dasturlash tili haqida suhbat qurdik.

Ko'rsatuv davomida ushbu savollarga javob olasiz:

Java dasturlash tilining kelib chiqishi va imkoniyatlari qanday?
Uning boshqa dasturlash tillaridan ustunlik tarafi nimada?
Nima uchun Java xavfsiz til hisoblanadi?
Ishga kirishda Java dasturchilari nimalarga e'tibor berishlari kerak?


Havola:



@najottalim kanalidan olindi
113 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-10-09 07:01:38
Java Logical Operators

Logical (Mantiqiy) operatorlar ifodaning to'g'ri(true) yoki noto'g'ri (false) ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.

&& - (Va) ma'nosiga ega amal faqatgina ikta amal true bolgandagina o'zidan true qaytaradi, qolgan holatlarda doim false beradi.

Bu degani true va true —> (true && true) bo'lsa - true qaytaradi

true va false bo'lib qolsa - false

|| - (Yoki) ma'nosiga ega amal.

true yoki false bolganda true beradi, faqatgina false yoki false bolganda false qaytaradi.

Bizga logical operatorlarni ishlatish uchun Relational Operatorlar kerak bo'ladi.

Misol

int a = 5, b = 6, c = 5;

(a == c && a == b) - shu amal ohiri true (to'g'ri) bilan tugaydimi yoki false noto'g'ri bilanmi?

Keling shuni ko'rib chiqamiz.

a == c - bizga true beradi sababi 5 5 ga teng.

a == b - bizga false beradi sababi 5 6 ga teng emas.

Shunda amalimiz (true && false) ga keldi va bundan faqat false qaytadi.

P/S: Ko'proq ma'lumot shu yerda.

@java_stuff
163 viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash