Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda bir shogirdim maslahat so'rab yozgandi. Odatimiz bo'y | Jasurbek Asqarov | blog

Yaqinda bir shogirdim maslahat so'rab yozgandi. Odatimiz bo'yicha salom berdim. Keyin u ajablanib axir siz ustozsiz nega menga salom berdingiz dedi. Keyin unga sababini tushuntirdim. Yuqoridagi buyuk shaxs Abdulloh ibn Umarning hayotini o'qib turib bu kishining ham salomga munosabatini yozgim keldi..

Bozorga chiqib, odamlar bilan salomlashish ibn Umarning odati edi. Ibn Umar: "Mening aslida ko'chada yoki bozorda ishim ham, xojatim ham yo'q, odamlarga salom berish va ularning salomiga alik olish uchun chiqaman " der edi.

Boshqalar undan oldin salom berishga ulgurmas edi.

Allohim shunday zotlardek hayot kechirishimizni ilmiga amal qiladiganlar qatorida qilishingni so'raymiz.

@Jasurbekhblog