Get Mystery Box with random crypto!

Demak,boshlab oldik. Demak,boshlab oldik. Avvalambor men nim | Jasurbek Musurmonov | Blog

Demak,boshlab oldik.


Demak,boshlab oldik. Avvalambor men nimadir yozishdan yoki sizlar bilan maʼlumtlarni har xil narsalarni ulashishdan avval men shu soʻzlarni yozishni joiz deb bildim va boshqa narsani yozishga haqqim ham yoʻq deb oʻylayman.Men yozmoqchi boʻlganim - Ota-onamga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman,men mana shu kungacha ozmi koʻpmi nimaga erishgan boʻlsam yoki kelgusi yillarda nimagaki erishsam bu - Ota-onamning erishganlari.Men nodon oʻgʻilning har bir shoʻxliklarim-u,har bir erkalanishlarim-u hamma hammasini koʻtarib,har bir xato ishlarimni toʻgʻirlab kelishdi.Bir Ota-ona qilishi mumkin boʻlganidan-da ortiqroq qilishdi.Men shunday otam-onam bilan shunchalik sevinib faxrlanaman-ki buni soʻzlarda ifodalashim qiyin ha, ha juda juda qiyin.Men ularga qancha minnatdorchilik izhor etsam-da kam.Men ularni yaxshi koʻrishimni aytolmasman lekin hozir aytmasam ota-onamning shuncha qilgan mehnatlarini,bergan non-tuzlariga xiyonat qilgan boʻlaman.Otamning bergan oʻgitlari,menga har doim bergan motivatsiyalari va oʻgʻlim sen eplaysan buni deyishlari hamma hammasiga xiyonat qilgan boʻlardim.Onamning bergan oq suti, yuvib taraganlariga xiyonat qilgan boʻlaman.Keling bugun har birimiz ota-onamizga rahmat aytib, ularni yaxshi koʻrishimizni aytamiz.Ularni bizga bergan buyuk zotga hamd aytamiz.Ota ona sizlarni yaxshi koʻraman deymiz,sizlar borligingiz uchun rahmat aytamiz keling. Axir har birimizning ota-onamizga bundan-da oliyrogʻiga bundan-da koʻproq taʼtiflarga loyiq odamlarku.Keling bugun ota-onamizga sizlarni yaxshi koʻraman deymiz.

Ota-ona men sizlarni yaxshi koʻraman,sizdek ota-onam borligiga shukur.Bergan tarbiyangizga rozi boʻling!!!


Siz ham ushbu soʻzlarni ayting bilaman har bir musulmon oʻzbek farzandining qoʻlidan keladi.

Telegram|Instagram