Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 14-dars Ogohlik Panda! Ustozim | Jasurbek Musurmonov | Blog

Ustoz Shifudan 100 ta dars

14-dars

Ogohlik

Panda!

Ustozim Ugvey aytardilar:

-Yigit kishini 3 ta narsa xarob qiladi:
1. Aroq
2. Qimor
3. Faxsh


Bu uchalasiga chalkashdingmi hayoting izdan chiqib, o'zingni o'nglay olmay qolasan.
O'zingnida, atrofingdagilarni bundan qattiq himoya qil.
Kimdir bog'lanib qolgan bo'lsa astoydil qutqarishga harakat qil.
Bular bilan umri o'tib baraka topgan biror kishini ko'rmadim.

Zamon o'tib bularni shakli o'zgarishi mumkin, o'zagi o'zgarmaydi.
Nefrit saroyiga kelgan xabarlarga ko'ra, hozirgi yoshlar orasida aroq psixotrop moddalarga, qimor esa 1xbet va allambalo onlayn qimorlarga, faxsh esa turli behayo sahifalarga o'zgaribdi.
Shaharda ba'zi yigitlar shularni deb, qarzga botib jonlariga qasd qilishibdi...

Po, yodingda tut!

Birortasiga chalkashgan kuning barmoq qaychi uslubini qo'llab, ta'ziringni berib qo'yaman.
Jazodan qo'rqqaning uchun emas, aqlan tushunib, bulardan o'zingni tiy.
Wifi ni kayf-safo qilishga emas, ilm olishing uchun qo'yganmiz.

@Muhammadali_Eshonqulov