Get Mystery Box with random crypto!

Jasurbek's MetaGram

Telegram kanalining logotibi jasurbek_metagram — Jasurbek's MetaGram J
Telegram kanalining logotibi jasurbek_metagram — Jasurbek's MetaGram
Kanal manzili: @jasurbek_metagram
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29
Kanalning ta’rifi

"Intiluvchan va qiziquvchan O'zbek yigiti"ning shaxsiy fikrlari, tajribalari va kuzatuvlari
Telegramdagi 2-kanalim: @Actual_IELTS_Speaking
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim:
- facebook.com/jasurbek.nematullaev.7
- Instagram.com/jasurbek_nematullaev

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-07 10:16:16 Hozirgi paytda ko'p insonlarda sun'iy intellekt rivojlanayotgani sababli yaqin yillar ichida ishsiz qolib ketish haqidagi noto'g'ri stereotip shakllanmoqda. Shunday o'y-hayollar bilan yurgan insonlarga quyidagi gaplarni aytmoqchiman.

Kelajakda ishlar yo'qolib ketishidan havotir olish kerak emas.

Inson ixtirochi va moslashuvchi jonzot.

Sun'iy intellekt rivojlanishi bu yaxshi. Zerikarli va bir xil bo'lgan ishlarni sun'iy intellekt bajaradi. Insonlar esa yaratuvchanlik bilan, ijod bilan mashg'ul bo'lishadi.

Yaratuvchan va ijodkor bo'lish uchun esa bilim olish zarur. Bilim olishga erinuvchilar ishini sun'iy intellekt bajaradi.

Bizni bilim qutqaradi. Vaqt esa cheklangan.

@Jasurbek_MetaGram
36 views07:16
Ochish/sharhlash
2022-12-06 16:22:06 "Бугун мани ўйлантирадиган нарсалардан бири кўпчиликда аниқ мақсадлар йўқлигидадир. Мақсад бўлиши керак деган бизнес тренерлар айтадиган шилтаси чиққан гапни ман ҳам айтмоқчиман.
Афсуски, ҳаракат қилаверайлик, бир гап бўлар деб юрган одамларга жуда кўп гувоҳ бўляпман. Asaxiy га ёш ходимларни ишга олиш жараёнида ёки ҳатто ўз жиянларим билан суҳбатлашганда ҳам, улар ҳаётда нимани хоҳлашини билмаслигини кўп кўряпман.

Яқинда, жиянлардан бири чет элга сурмоқчиман деди. Хўп, нима учун сурмоқчисан, нима қилмоқчисан, мақсадинг нима, 10 йилдан кейин ўзингни қаерда кўрасан деган саволларим жавобсиз қолди. Бориб олай, бир гап бўлар деган нарса фақат хаёлда турибди. Кейин, муаммони янада чуқурроқ қидириб ўзи нима учун сурмоқчисан деган жойига келдик. Кўринишидан, бу ёқда ҳам аниқ бир мақсад йўқ ва четга сурса нимадир ўзгаради деб ишонади.

Бу худди Ўзбекистонда “Узкосмос” агентлигини яратилиши ва унга аниқ мақсад қўймасдан ресурс берилишига ўхшайди. Дейлик, мана бу вақтда биз космосга сунъий йўлдош учиришимиз керак деган аниқ вазифа қўйилмаса, у талаб қилинмасдан шунчаки бюджет ажратилса, Узкосмос ўзи космосга учиш учун яратилганлигини ҳатто билмаслиги мумкин. Натижада, йиллаб ресурс аниқ мақсадсиз сарфланиши мумкин.

Мақсадсизлик жиддий  муаммо деган фикрга қайта-қайта ишончим ортяпти. Шу учун ҳам ҳар бир инсон қуйидаги саволларни тез-тез ўзига бериб туриши фойдали экан деб ўйлаб қолдим:

1. Мен нимага эришмоқчиман?
2. Мен 5 йилдан кейин қаерда бўлмоқчиман?
3. Нега мен буни хоҳлайман? Менинг истакларим асосида қандай мотивлар ётади?
4. Бошқалар мени қўллаб-қувватлай оладими?
5. Мақсадимга эришсам менинг қайси муаммоларим ечилади?

Жавобларни балки ёзиш керакдир.
Асосий мақсад ҳақида бир мунча вақт ўйлаб кўриш керак. Мақсадга эришса охирида нима бўлади? Одам қандай имкониятларга эга бўлади? Бундан қариндош-уруғ, жамиятга нима фойда бўлади?

Кейин ҳозирги кунга қайтиб яна иккита савол бериш керак:
6. Мақсад сари ҳаракатланиш учун бугун менга нима етишмаяпти?

7. Асосий мақсадимга эришишимга нима халақит бериши мумкин?



Мақсадсиз ҳаракат қилиш шунчаки умрни ва ота-онанинг ресурсини зое сарфлашга олиб келади. Ўқишга кирсам бир гап бўлар деган, яшашга ва контрактга ота-онанинг пулини, ўзининг 4 йил умрини сарфлаган мақсадсиз ёш якунда барибир кучли мутахассис бўлиб етишмайди.  Натижада, эртага қўлида дипломи бор, лекин на билими, на савияси бор, ўз йўналишида ишламайдиган одамлар армияси яна битта одамга бойийди.

Юқоридаги саволларга уч дақиқада шошиб жавоб берган фойдасиз. Одам ич-ичидан ўйлаши, ўзини сўроққа тутиши ва мақсадларини аниқ қилиб олиши керак."

Firuz Allaev
36 views13:22
Ochish/sharhlash
2022-12-05 20:51:55 "O'zingni kechagi o'zing bilan solishtir, bugungi birov bilan emas."

Jordan B Petersonning "Hayot uchun 12 qonun" kitobidan

@Jasurbek_MetaGram
29 views17:51
Ochish/sharhlash
2022-12-04 10:58:52 It is Sunday again!!!

Dam olish kuningizni foydali va mazmunli o'tkazish uchun o'zimning eng yoqtirgan va hamma sonini qoldirmay tomosha qiladigan Osmondagi bolalar ko'rsatuvini tomosha qilishingizni tavsiya qilaman.

Umuman olganda, ko'rsatuv haqida gapiradigan bo'lsam, "Osmondagi bolalar" - hayotning past-u balandiga qaramasdan o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralarni zabt eta olgan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan interaktiv ko'rsatuv.

"Osmondagi bolalar" ko'rsatuvining aktual missiyasi katta natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarni ommaga tanitish va ularni bu yo'ldagi xato, qiyinchiliklar, to'plangan tajribalarini jamiyat bilan bo'lishishdan iborat!

Ushbu ko'rsatuvning har bir soni o'ziga xos va foydali insightlarga to'la. Ishonch bilan ayta olamanki, ko'rsatuvni ko'rishga sarflagan vaqtingizga achinmaysiz!

@Jasurbek_MetaGram
36 views07:58
Ochish/sharhlash
2022-12-03 15:08:50 “Meni tanqid qiladigan , meni tahlil qiladigan , aql o’rgatishga  urunadiganlarga javob bermaslikni o’rgandim. Chunki bu tortishuv hech qachon tugamaydi”.

“Iymon va huzun” kitobidan
35 views12:08
Ochish/sharhlash
2022-12-01 21:14:55 Raqobat

Biz hayotimiz davomida o'qishda, ishda, turli musobaqalarda yoki xalqaro grantlarga topshirayotganimizda boshqa kandidatlar bilan raqobat qilishimizga to'g'ri keladi.

O'ylashimcha, "sog'lom" raqobat - inson uchun ilm o'rganish kabi muhim.
Sababi, inson muayyan vaqt davomida yangi narsalarni o'rganishda davom etishi mumkin.
Ammo, baribir qachondir o'sha o'rganayotgan sohasidan zerikadi.

Aynan shu holatda, raqobat - ilm olishda, o'sha sohani o'rganishda davom etishda va yangi bilimlarni o'rganishga bo'lgan ichki motivni saqlab qolishda juda muhim.

Buni o'zimning shu paytgacha o'tgan hayotim davomida guvoh bo'ldim va shuni angladimki, yangi bilimlarni o'rganishning o'zi biror yutuqqa erishish uchun kamlik qiladi.
Aytmoqchimanki, biz qachonki o'zimiz o'rganayotgan soha bo'yicha boshqalar bilan raqobat qilmas ekanmiz o'sishdan , shaxsiy rivojlanishdan to'xtab qolamiz.

Agar biz boshqalar bilan raqobat muhitida o'qib, ta'lim olib, turli o'tkaziladigan musobaqalarda mag'lubiyatga uchrab, o'z xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarib, boshqa tengdoshlarimizdan ilhomlanib, yanada yaxshi yaxshi o'qishga harakat qilmasak - ko'zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Eng muhimi, yuqorida ta'kidlab o'tgan barcha faktorlarim raqobat tufayli yuzaga keladi.

Bundan tashqari, raqobatning eng muhim, hisobga olinishi shart bo'lgan tomoni shundaki, agar siz raqobatchilaringizdan yaqqol afzal bo'lsangiz, doim yutayotgan bo'lsangiz, demak siz o'zingizga mos muhitda emassiz.
Siz kuchsiz muhitni tanlagansiz. Siz bilan kuchi teng insonlar bilan raqobat qilayotganingiz yo'q


Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, yutqazish va ulardan to'g'ri xulosa chiqargan holda yanada yuqoriroq natijalarga erishishga harakat qilish juda muhim. Chunki, insonni yuksaltiradigan faktor - uning erishgan yutuqlari emas, balki muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, undan to'g'ri xulosa chiqarib, keyinchalik yanada kuchliroq harakat va ishtiyoq bilan "o'yin"ga qayta olishidir.

@Jasurbek_MetaGram
43 viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-12-01 10:18:30
Илон Маск жуда ажойиб характер эгаси экан.

2 йилда битадиган проектни матбуотда ҳаммага 1 йилда биткизамиз деб ваъда бериб, ходимларига 6 ойда битирасанлар дер экан.

Корхонасидаги майда деталгача назорат қилиб, хатто полга ахлат тўкилиб қолган бўлса ўзи супуриб оларкан.

2009 йил кризис бўлганда машиналари, уйларини сотиб, компаниясига тикиб, қайнотасининг подволига кўчиб ўтмоқчи бўлган экан.


Проектлар муваффақиятли тугагач, бутун командаси билан ишхонадаги комютерларда Counter-Strike ўйнаб, ётиб қолишган экан.

Ўзининг бизнеслари (SpaseX, Tesla, Solarcity) ғояларини ўзи ўйлаб топмаган бўлса ҳам, инженерлар унга ақлга сиғмас ғоялар билан келишганда йўқ демай пул тикаверган экан.

Бошқа бизнесменлардан унинг асосий фарқи, ўта талабчан ва жуда кўп ўқиши бўлса керак.
31 views07:18
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:19:01 Robin Sharma "The 5 am club" kitobida shunday deydi:
"Har qanday o'zgarish boshida qiyin, o'rtasida chalkash va oxirida chiroyli".

Juda ham ko'pchiligimiz o'zgarishlardan qo'rqamiz, sababi o'zgarishlar bizdan katta mehnat va iroda talab qiladi. Shuning uchun juda ham ko'pchiligimiz o'z "komfort zona"mizdan uzoq yillar davomida chiqolmay qolib ketamiz.

Norvegiyadan O'zbekistonga ishlarim yurishmay qaytib kelgan paytim hayotimning eng quyi pog'onasida edim desam adashmagan boʻlaman. Ahmoqligimni deb ich-etimni yeb yursam ham boʻlar edi, lekin uning o'rniga buni hayotimdagi yana bir "chellenj" sifatida qabul qildim. Kun-u tun shu muammoni yechish uchun qo'limdan kelgan barcha narsani ishga soldim. Oson bo'lmadi, lekin bu muammoni hal qilishni uddasidan chiqdim.

Hozirgi paytda ishingiz yurishmay tushkunlikda yoki hammasi zo'r ketayotgan bo'lishi mumkin. Agar tushkunlikda bo'lsangiz, tushkunlikka tushish sabablarini astoydil o'rganib chiqing va uni qanday hal qilish strategiyasini o'ylab ko'ring.
Agar hammasi zo'r ketayotgan boʻlsa, kelajakda uchraydigan "chellenj"larga tayyor turing.

Har qanday muammo bo'lmasin, buni sabr va mehnat bilan yengib o'tsa bo'ladi. Sabrli bo'ling!

Shahbozbek Dolimovning "Maqsad" kitobidan

t.me/Jasurbek_MetaGram
36 viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2022-11-28 07:12:38 IT kasblaridagi "KAPALAK" motivatsiya

Bu kasblarga qiziqish 99% ehtimol bilan yaxshi daromad topish maqsadidan paydo bo'ladi. Lekin bu kasb egalarining professionallarigina yaxshi daromad topishadi. Omadingiz kelib yaxshi ishga joylashib olsangiz o'rtacha bilim bilan ham topsangiz bo'ladi, lekin sizga yaxshi haq to'lay oladiganlar sizdan professionallikni talab qiladi.

Biron bir joyni 4-6 oyda tugatib hech qachon professional bo'la olmaysiz. Ishga joylashish va o'rtacha pul topishingiz mumkin lekin siz hayol qilayotgan pullarni topish uchun o'zingizni ustingizda ishlashingiz va doim tajriba ortirishingiz kerak.

Bitta daraxt bir necha yillarda meva beradi. Bu kasblar yerdan chiqqan qo'ziqorin emas. Nega doim bu kasblarga talab ko'p bo'ladi? Chunki professionallar kam. Juda ko'pchilik tez pul topaman deb qisqa muddatda topa olmagani uchun tashlab qo'yadi va bu kasb bilan ko'p pul topsa bo'lmaydi deb o'zini aldangandek xis qiladi. Aslida esa boshidan o'zini-o'zi aldab qo'ygan bo'ladi.

Xullas oxirgacha bora olaman desangiz o'rganing. Xarkatdan to'xtab qolib, ertasi kuni bizni yomonlab yurmang.

"Xayolparast" do'stingizga jo'nating.

Abdusattor Abdurahimov
35 views04:12
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:31:48
"IELTS'ni sotib olsa bo'ladimi?"

Do'stlar, sizlar uchun ta'lim va chet tillariga oid dolzarb masalalarni ochiq va oydin yetkazish uchun yangi formatdagi loyiha boshladik!

"Edu Podcast" loyihasining birinchi sonida IELTS haqida erkin gaplashamiz.

Mehmonlarimiz:
• Bekzod Mirahmedov (IELTS ZONE o'quv markazi asoschisi)
• Xurshid O‘roqov (EVEREST o'quv markazi asoschisi)

Premyerani 25-noyabr kuni soat 20:00 da Youtube kanalimizda tomosha qiling.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube
35 views15:31
Ochish/sharhlash