Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi zamonda ruhiy sog’lomlikni saqlash siri Yohud “Intern | Jasurbek's MetaGram

Hozirgi zamonda ruhiy sog’lomlikni saqlash siri

Yohud “Internetdan olayotgan ma’lumotlaringizni qattiq filterdan o’tkazing”

Hammamizni o’zimizning eng yaqin bo’lgan atrof muhitimiz shakllantiradi. Agar siz eng ko’p vaqt sarflaydigan odamlar yaxshi inson bo’lishsa, dunyoga positiv linza orqali qarashsa, siz ham katta ehtimol bilan shunaqa odam bo’lasiz. Aksincha ular negativ bo’lib va har doim nolib yuradigan odam bo’lishsa siz ham katta ehtimol bilan shunaqa bo’lasiz. Shuning uchun ham do’stlarni, tanish bilishlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerakligi haqida ko’p eshitamiz.

Hozirgi zamonda esa oila, do’stlar va tanishlardan tashqari bizning kimligimizni shakllantirishda juda katta rol o’ynaydigan yana bitta faktor paydo bo’lgan: Internet. Kerak bo’lsa eng ko’p ma’lumotni shu internet orqali olamiz. Buni matematik tenglama sifatida ifodalaydigan bo’lsak: “internetda olgan ma’lumotingiz + boshqa kichikroq faktorlar = qanday shaxs bo’lishingiz”. Shunday ekan huddi atrof muhitni ehtiyorkorlik bilan tanlaganimizdek, internetdan olayotgan ma’lumotlarni ham juda juda qattiq filter qilishimiz kerak.

To’g’ri filterlash uchun keling ma’lumotlarni 3ga bo’laylik:

1. Qisqa shakldagilar: bularga social networklardagilarni (Instagram, Twitter, etc.) misol qilib aytishimiz mumkin. Mashhur odamlarni unfollow qiling. Ulardan foyda nima? Ular o’rniga sizni aqlliroq qiladigan va o’zingiz uchun qo’ygan maqsadlaringizga yaqinlashishga yordam beradiganlarni follow qiling. 1000ta keraksiz Telegram kanallarga a’zo bo’lish ham shart emas. Chiqib keting.

2. O’rta shakldagilar: bularga maqolalar, yangiliklar, uzunroq videolarni misol keltirishimiz mumkin. Yangiliklarni o’qishni minimumga olib keling. Dunyoda bo’layotgan voqealarning hammasini bilishingiz umuman shart emas. Sinab ko’ring. Undan ko’ra vaqt sinovidan o’tgan essaylarni o’qing, nutqlarni tinglang. Zo’r zo’r g’oyalar haqidagi Youtube videolarini ko’ring.

3. Uzun shakldagilar: sal elektron uskunalardan uzoqlashib, kitoblar o’qing. Har qanday kitob emas. Klassik kitoblarni nazarda tutyapman. Kerak bo’lsa do’stlar va tanishlar bilan “book club” oching. Birga bitta kitob o’qib, muhokama qiling.

Hullas, ongingizni himoya qiling. Chunki sizga kimdir jismoniy hujum qilsa o’zingizni himoya qila olishingiz mumkin. Lekin ongingizga bo’lgan hujumni sezmay ham qolishingiz mumkin bu zamonda.

Jahongir Rahmonov