Get Mystery Box with random crypto!

ㅤㅤㅤSen nima qilding? Salom senga mening bevafoginam, She'rl | She'rlarim

ㅤㅤㅤSen nima qilding?
Salom senga mening bevafoginam,
She'rlarimni o'qib o'zliging bilding?!
Sendan ko'ngil qoldi, ketmaydi ginam.
Men seni sevgandim, sen nima qilding?

Mening baxtim eding, yonimda eding.
Sen menga tushuntir, ne sabab ketding?
Mening sevgim endi qalbimdagi dog'.
Men seni sevgandim, sen nima qilding?

Meni uchratganing edi bir omad
Tushuntir-chi, ketsang ne uchun kelding?
Ko'rmagandim sendek xush sarviqomat
Men seni sevgandim, sen nima qilding?

Isming tilga olsam, ko'zga yosh qalqir.
Ayt, nega quloqqa yolg'onlar ilding?
Endi ovozingni boricha chaqir
Men seni sevgandim, sen nima qilding?

Endi ovozingni boricha chaqir.
Men kelmasligimni shu onda sezding.
Jafoning jazosi jafo bo'ladi.
Men seni sevgandim sen nima qilding?.

08.10.2020
https://t.me/Jasurbek_Baxtiyorov