Get Mystery Box with random crypto!

Jasur Normurod o‘g‘li sahifasi

Telegram kanalining logotibi jasur_samandarov_sahifasi — Jasur Normurod o‘g‘li sahifasi J
Telegram kanalining logotibi jasur_samandarov_sahifasi — Jasur Normurod o‘g‘li sahifasi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 63
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: fikrlashni uyg‘otish va asosiysi, agar manfaatli biror narsa yozsak, kimdir o‘qib foyda olsa yoki kimningdir to‘g‘ri yo‘lga yurishiga sababchi bo‘lsak!.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-19 18:37:23 #fiqh #qibla
Mazhabimiz ulomolari nazdida, qiblaning qaysi tomonda ekanligiga bir necha kishida shubhali bo'lib qolsa, agar jamoat bo'lib o'qishsa, imom bir tomonni, qolganlar ham boshqa-boshqa tomonlarni qasd qilib o'qisa, barchasining namozi joiz. Faqat imomdan oldinga o'tib o'qigan yoki imomga qarama-qarshi tomonni qasd qilib o'qigan odamning namozi joiz emas.

Alouddin Kosoniy "Badoyeus sanoye' " kitobidan.

@Jasur_Samandarov_sahifasi
61 views15:37
Ochish/sharhlash
2023-04-19 18:07:31
Mana Alloh nasib qilgan ekan, Hayit bayramiga uyga ketyapmiz, bir ukamiz bilan, lekin boshqa-boshqa vagonlarda.

Vagondagilar talabaligimni bilishdi shekilli, "Iftorlik qilib oldingmi, ma manabundan yeb ol, bundan ye!", deb meni norin, mantilar bilan siylashyapti, Alloh rozi bo'lsin!

Ukamiz qo'limga nam salfetka berib, "aka qo'lingiz yog'li bo'lsa, ishlatasiz", degandi, huddi avvaldan bilgandek . Vaholanki, biz yo'lda yeyishlik uchun faqat shirinliklar olib olgandik .

@Jasur_Samandarov_sahifasi
61 views15:07
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:10:56 ​​Исломофобия – жоҳилият касаллиги

Мен ёшлигимдан алкоголь маҳсулотларини ичмаганман. Аммо ёшлигимдан жамиятда ўзимда боcим ҳис қилганман: "Нима ўзингча?! Эркакмисан? Боллардан ажралиб қоляпсан. Коллегаларку энди, а сиз унақа жойларга бормайсиз-ку?!" Мен ўзим ичмаганимдан кейин ичиб олган дўстларимнинг узундан узоқ поинтар-соинтар гапларига чидаб ўтиришдан қочардим.

Кеча бир танишим айтяпти. Ўзига маълум сабабларга кўра рўза тутмайди. Балким бу эътиқод эркинлигидир ёки соғлиқдандир. Светофорда турсам бир "котта бола" ёнимга тўхтаб, рўза тутиш ҳақида ақл ўргатиб кетди, дейди. Бу ҳам худди мен яшаб ўтган босимдек ижтимоий босим.

"Буларга қўйсанг... қиворади" , деган гапни икки томонга ҳам ишлатса бўлади. Мана шундай жоҳилларнинг таъсирида жамиятда таранглик ортиб бораверади. Қайси тараф кучлироқ бўлса, кейинги тарафга ижтимоий босим қилишни кўпайтиради.

Илмсизлар жамиятида, таълимда тарбияга эътибор берилмаган тизимда бундай таранглик муаммоларни келтириб чиқараверади.

Тошкент автобусларидаги ташаббусга нисбатан эътироз ҳам ана шундай исломофобларнинг жоҳилона эътирозлари деб биламан.

Исломофобия шундай касалликки, унда агар жамият учун фойдали бўлган қулайликлар динда бўлгани учун ҳам, бундай қулайликлардан юз ўгиришади.

Ваҳоланки, бутун ўзини ва аёлларини қадрлайдиган жамиятларда аёллар учун қўшимча қулайликлар яратилади. Алоҳида ҳудудлар, алоҳида навбатлар ва ҳоказо. Бу аёлларини қадрларган жамиятлар учун. Афсуски бизнинг автобусда юрмайдиган исломофобларимиз опа-сингил, аёл ва оналарини жамоат транспортида эркаклар билан жой талашиб юришини маданият деб билади.

Ислом ўзи шунақа дин, нима қиласиз энди?! Ҳаммага поклик, одоб, гўзал хулқ, саранжомлик ва ҳалолликни тарғиб қилади. Инсоният учун энг гўзал шароитлар исломда.

Исломдан экан деб суннат ва мустаҳабларга ҳам истерика қилавермайсизку. Фобиянгизни даволасангиз бўлмайдими?

Буни шариат деб эмас, шунчаки японларга ўхшаб инсонийлик деб қабул қилинг, бўлди.

Саид Комил Мухаммад Карим

@adolat_kuychisi
52 views13:10
Ochish/sharhlash
2023-04-18 12:28:01 Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Ayol kishi mahram bilan bo'lmasa, safar qilmasin. Mahrami bo'lmasa, uning oldiga biror kishi kirmasin", dedilar. Bir kishi:"Ey Allohning Rasuli, men falon qo'shin bilan g'azotga chiqmoqchi edim, xotinim esa haj qilmoqchi edi", degan edi, u zot:"Xotining bilan birga borgin", dedilar".
Imom Buxoriy rivoyat qilgan(1862).

Ahmad Yunus Fulaytiy "Ayollar uchun 40 hadis" kitobidan

@Jasur_Samandarov_sahifasi
298 views09:28
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:35:39
Rostdan shunaqa bo'lsa kerak a?


instagramdan

@Jasur_Samandarov_sahifasi
72 views08:35
Ochish/sharhlash
2023-04-17 03:43:29
Hilol nashrda Ramazon oyi munosabati bilan chegirmalar bo'lyapti! Yaqinda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratni qalamlariga mansub kichik asarlar chegirmasi haqida ma'lumot berishgan edi.
Chegirma ustiga yana agar siz 200 ming so'mdan qimmatroq bo'lgan kitoblarni harid qilsangiz, yetkazib berish hizmati bepul bo'ladi.
Shunga shayximizning 15 ta kichik asarlarini hisoblab ko'rsam 192ming 500 so'm bo'larkan.
Yuqoriroqqa qarasam 9ming so'mga "ayollar uchun 40 hadis" kitobi bor ekan, shuni ham qo'shdim, kerak bo'lib qolar deb. Anashunda umumiy 202 ming so'm bo'ldi . Endi intizorlik bilan, tekin yetkazib berish xizmati orqali buyurtmamni kutyapman.

@Jasur_Samandarov_sahifasi
74 viewsedited  00:43
Ochish/sharhlash
2023-04-16 04:58:23
Isro surasi 23-oyat!

@Jasur_Samandarov_sahifasi
95 views01:58
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:00:54
Teskari holatlar:

Piyodalar yo'lakchasida ketayotganingda qarshingdan kelayotgan ayol-qizlarga sen yo'l berasan.

Ishing tushib ayol-qizlar bilan gaplashayotganingda, sen hijolat bo'lib ko'zingni olib qochasan.

O'tirganda, engashganda belim ochilib qolmasin deb, sen uzunroq, kengroq kiyim kiyasan.

Bo'lgan holat: taroveh namozida harakatlanish qulay bo'lishligi uchun belimizdan bir-ikki qarich pastga tushib turadigan keng ko'ylak oldik. Namozga ketyotganimizda eng hayratlanib qaraydiganlar albatta qizlar. Chunki, biz ulardan ko'ra yopiqroq, uzunroq kiyinganmiz .

Manashunaqa gaplar.

@Jasur_Samandarov_sahifasi
88 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-14 05:47:10
#trend
Kanallar aro kezishligim bir bahona, izohlardan seni izladim!!!

@Jasur_Samandarov_sahifasi
69 views02:47
Ochish/sharhlash