Get Mystery Box with random crypto!

MIFUNE KOMPANIYASI BILAN KELISHUV 'Yapon tili va kasbiy mala | YAPON TILI VA MAXSUS MALAKA TEST MARKAZI (RASMIY)

MIFUNE KOMPANIYASI BILAN KELISHUV

"Yapon tili va kasbiy malaka test markazi" hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Yaponiyaning Toyoto shahrida joylashgan TOYOTO kompaniyasiga ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi MIFUNE ishlab chiqarish korxonasida bo'ldilar. Mazkur korxonada 200 ga yaqin ishchilar faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, ularning 50%ni chet ellik ishchilari Filipin, Vetnam, Indoniziya, Nepal davlatlaridan jalb qilingan texnik-stajyorlar va ishchilar faoliyat ko'rsatmoqda. TOYOTO avtomobillariga ehtiyot qismalarini ishlab chiqarish uchun O'zbekistondan texnik stajyor va enjenerlarni jalb qilish bo'yicha muzokara o'tkazildi. Muzokara natijasida MIFUNE kompaniyasi rahbariyati O'zbeksitondan bir qancha texnik stajyorlarni 2023-yilda ishga jalb qilish to'g'risida kelishilindi. Fuqarolar yapon tiliga o'rgatilib, konstruktsiya-stanokida ishlash qobiliyatiga ega bo'ladilar. Mazkur ish o'rinlariga "Ishga marhamat" Monomarkazlarida kasbiy faoliyatga o'qiyotgan fuqarolarimiz yo'naltiriladi.