Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi 105 yo | ☀️JANUB YOSHLARI

Surxondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi 105 yoshli Bibigul momo Xoliyarova Prezident farmoniga muvofiq, «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofotni viloyat hokimi To‘ra Bobolov tantanali ravishda topshirdi.

Viloyat hokimi mukofotni o‘z egasiga topshirar ekan, davlatimiz tomonidan yoshi ulug‘ nuroniy otaxon va onaxonlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida gapirib, Prezidentimiz tabrigini yetkazdi va bayram sovg‘alarini topshirdi.

Bibigul momo 40 yildan ortiq qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan. Hozirda onaxon ikki nafar farzandi, 21 nafar nevara, 80 nafar chevara va 15 nafar evaralarning ardog‘ida umrguzaronlik gashtini surmoqda.

Bibigul momo shu kunlarga yetkazgani uchun shukrona keltirib, yurt tinchligi Vatan taraqqiyoti va el farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar rivojini tilab, duo qildi.
https://t.me/JamshidjonChoriyev