Get Mystery Box with random crypto!

MyDrivers Xitoy sanoati nashrining xabar berishicha, Apple 202 | Janob Blogger™ | Rasmiy

MyDrivers Xitoy sanoati nashrining xabar berishicha, Apple 2022-yilning bahorida yangi iPhone SE'ni chiqaradi. Bu LCD displeyli kompaniyaning so'nggi smartfoni bo'ladi.

Demak, iPhone SE 3 LCD displeyli va iPhone XR'ga o'xshash dizaynga ega bo'lgan, lekin Face ID'si yo'q oxirgi Apple telefoni bo'ladi. Ehtimol, Touch ID skaneri iPad Air va iPad minidagi kabi bosh menyu tugmasiga o'rnatiladi.

MyDrivers yangi smartfon 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydigan 5 nm'li A15 Bionic chipiga ega bo'lishini tahmin qilmoqda. 3-avlod iPhone SE smartfonining minimal versiyasi uchun narx 399 dollar etib belgilanishi kutilmoqda.

#apple | Birinchi raqamli IT-Blog