Get Mystery Box with random crypto!

Hazil Navoiyga o’xshash-chun Patdan qalam yo’ndirdim. Chopon | Janob qiziqchi

Hazil

Navoiyga o’xshash-chun
Patdan qalam yo’ndirdim.
Chopon kiydim sal uzun,
Boshga salla qo’ndirdim.

Sotib oldim bir juft sham,
Vazirbop par yostiqcha...
Endi faqat talant kam
Va... xotin ham ortiqcha.


Anvar Obidjon, 1974-yil.

Bugun Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to’ldi.

xushnudbek

@janob_qiziqchi