Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar negadur o’zini baxtli ko’rsatgisi, yutuqlarga erishgan | Janob Marketolog

Odamlar negadur o’zini baxtli ko’rsatgisi, yutuqlarga erishgan qilib ko’rsatgisi, muvaffaqiyatli qilib ko’rsatgisi keladi. Aniqroq qilib aytganda shularga erishishga harakat qilmaydi. Erishib bo’lgandek ko’rsatishga harakat qiladi.

Sizga diplom emas, bilim kerak.
Ertaga undan foydalanib rostan ham muvaffiyatli kasb egasi bo’lishingiz uchun. O’zbekiston davlat universitetitlarida diplom olish osonroq, bilim olishdan ko’ra. Biroz shustriy yoki pulingiz bo’lsa kifoya. Lekin xususiy sektorlarda bu narsa ishlamasligini tushunishmayapti odamlar. Chunki xususiy ta’lim maydonlari haqiqiy ta’lim olgan o’quvchilarga emas, puli bor yoki shustriy bollarga diplom bersa o’z biznesiga bolta urayotganini biladi.

Marketing darslarida ba’zan qiyin vazifalar beraman. Masalan, odamlardan tadqiqot o’tkazish uchun CustDev intervyularni o’tkazish va hokozo. Bu intervyularni o’tkazish ko’p kuch, vaqt oladi va hattoki harajat ham ketadi. Lekin bu narsa kuchli challenge. Hozir shularga erinib qilmaydigan bo’lsa, imtihondan yiqiladi. Diplom olmaydi. Hozir qilsang, imtihondan o’tasan.

Chunki o’z mutaxassisligidagi kasbga o’rgangan narsasini qilib ko’rgan holda borishi kerak. Ishga kirganimda qilib ko’raman, hozir tushunib olsam yetarli degan narsa ishlamaydi.

Tayyor feedback’lar va o’z navbatiga kelgan qiziqarli challenge’larni hozir katta ma’suliyat yuklamagan paytida qilmagan odam, keyin qiyinchiligi kelganida umuman qilmaydi.

@janob_marketolog