Get Mystery Box with random crypto!

Ona! Bu so'zni eshitganda hammaning tushunchasi har xil bo'lad | 𝑱𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕𝒖𝒏🌷

Ona!
Bu so'zni eshitganda hammaning tushunchasi har xil bo'ladi. Ona deganda ham rafiqa, ham kelin, ham mehribon inson ko'z oldimizga keladi.
Ona haqida ko'p she'r-u, matnlar bor. Ko'plarga bu oddiy tuyular lekin ishoning, onaning mas'ulyati judayam katta ro'l o'ynaydi hayotda. Gapirish hammaga ham oson, lekin buni his qilish va boshidan o'tkizish boshqa masala. Ota-ona bo'lsang bilasan o'z ota-onangni qadrini deyishardi. Lekin buni asl ma'nosini his qilish boshqacha narsa.
Onalarimiz bizni to shu yoshimizgacha tunlari uxlamay, injiqliklarimizga chidab, voyaga yetkizib asrab avaylab o'stirdi. Bizga, yoshligini, kuch quvvatini sarfladi. To'qqiz oy vujudida ko'tarib yurdi, va bir umr qalbida ko'tarib ham yuradi. Albatta, avval Alloh nasib qilgani bo'ladi. Onalarimizni asl sababchi qilib qo'yadi. Bunga hamd aytishim kerak!
Oxirgi bor qachon onangizni quchoqlab yaxshi ko'rishingizni aytdingiz? Eslay olasizmi? Dunyoda qancha insonlar bor onasining bir so'ziga zor. Onangiz hayot bo'lsa bir bor " Onajon sizni yaxshi ko'raman, menga qilgan beminnat xizmatingizga rozi bo'ling" deng. Telefonda bo'lsa ham gaplashing!
Ular g'animat! Onalarimizni Alloh panohida asrasin Allohumma amiyn!