Get Mystery Box with random crypto!

#БОЛАМ Янада оқ бўлибсанми, оппоғим, Қайга кетди лабингдаги о | 💃ИДЕАЛ КОМАТ❤️

#БОЛАМ

Янада оқ бўлибсанми, оппоғим,
Қайга кетди лабингдаги ол, болам?
Қўлчаларинг нега муздек, тура қол,
Чиройлигим, ёноқдаги хол болам.

Тишла юзим, майли чидаб тураман,
Не ушласанг сочиб ташла, тераман,
Лабинг қуруқ: "бувва" де, сув бераман,
Эндигина тил чиқарган, бол болам.

Тургин, болам, бу ерлардан жиламиз,
Кўча совуқ, тезроқ уйга еламиз,
Қўлинг ушлаб яна той-той қиламиз,
Алиф қадди дарддан бўлган дол болам.

Тиқ этса ҳам чўчиб турар эдинг-ку,
Ёт чеҳрадан юзинг бурар эдинг-ку,
Юзим силаб, ҳолим сўрар эдинг-ку,
Туриб мендан яна сўра ҳол, болам.

Доктор сени кетиб бўлган деяпти,
Дунёни тарк этиб бўлган деяпти,
Ҳақ аҳлига етиб бўлган деяпти,
Бир лаҳзага ёнгинамда қол, болам.

Майли, кўнди тақдирига бир банда,
Лекин битта ҳаққим қолди, бил, санда—
Қиёматда Ҳаққ олдида турганда
Золимларнинг ёқасидан ол, болам.
Золимларнинг ёқасидан ол, болам.

Муаллиф: #Ёлқин Муқимов

31/12/2022

Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун.

Аллохим отаоналарига сабр берсин амин.

Инсон саломатлиги учун хавфли бўлган дори воситаларининг рўйхати эълон қилинди

30 декабрдан бошлаб Ўзбекистонда Ҳиндистоннинг Marion Biotech компанияси ишлаб чиқарган барча дори-дармонлари савдоси тўхтатилди.


#Mahbuba Usmonova

Assalomu alaykum .Men o'sha " Док 1 макс" siropi tufayli vafot etgan bolalardan birining onasiman.

U yashashga haqli edi,u endigina ikki yarim yoshga toʻlgan edi.chunki 18 ta qurbonni birini onasi sifatida shuni ayta olamanki ,men bu dori vositasini shifokorni tavsiyasi va ko'rsatmasiga ko'ra bergan edim, dorini nojo'ya taʼsiri tufayli farzandim vafot etdi.

Buni aytishimga sabab shundaki o'z xonasida o'tirib ota-onalarga taziya bildirayotgan sog'liqni saqlash vaziri va ommaviy axborot vositalarida bong urib onalarni ayblayotgan jurnalistlarga shuni aytmoqchimanki shifokor tavsiyasiga koʻra dozasini aniq ichirgan onalarga nima deysiz?

Hamma shifokorlar ham birdek emas. Samarqand shifokorlariga minnatdorchilik bildiraman,qo'llaridan kelgancha yordam berishdi.Agar ular bu narsani aniqlamaganlarida farzandimni qanday o'lganini bilmay o'tardik.2 yoshgacha hech qanday kasallikka chalinmagan va dorini ham boshqa dorilar bilan qoʻllamagan edim.

Surishtiruv ishlari olib borilyapti deyishadiyu qizcham 28-noyabrda vafot etgan boʻlsa shu kunga qadar hech bir mutasaddi men bilan bog'langani yoki shug'ullangani yo'q, ular qaysi qig'ozga qarab xulosa qilishyapti.

Hattoki kimlar jazolangani ham eʼlon qilingani yo'q,ha nima emish Samarqand shifokorlari kech xabar bergan emish,aslida ular aniqlashdiku.Dorilarning tarkibi oʻlim bo'lmaguncha o'rganilmaydimi? Biz bilganimiz hali 18ta qancha qancha bolalar boshqa dorilarning no'jaya ta'sir tufayli boshqa kasalliklardan o'lib ketayotgandir.Bunga javob beradigan mutasaddi bormi?

Ota-onalarni ayblashdan oldin yaxshilab surishtiruv o'tkazish kerak.Bunga sog'liqni saqlash vaziri javob berishi kerak sababi savodsiz shifokorlari va sifatsiz dorilarni ular yetkazib berayotgani uchun,bundan oddiy xalqning bolasi aziyat chekayapti.Bu so'zlarni yozishga siz majbur qildingiz vazir janoblari.

Qizim Fozilova E'zoza 2020.27.06 da tug'ildi va 2022.28.11 da vafot etdi.Uning oʻlimiga dori sabab boʻlganini aniqlab xat bilan vazirlikka murojaat bilan chiqqan vrachni ishdan bo'shatishibdi.

Qani bu yerda adolat? Ushbu xabarimni biror mutasaddiga yetib borishiga yordam bering, iltimos.

Умуман ХИНДИСТОНни бунақа дориларидан эҳтиёт бўлаверинглар.
Майли фарзандларимиз йўталиб юраверсин.. Тирик бўлса бўлди хозир(((

Ўлган ёш боллар 19 тага етди(((
Бу расмий малумот норасмийлар қанча бор ҳечким билмайди... ((((


Телеграм каналимиз
https://t.me/JannatSari_kundoshlar

Ватсап канал
https://chat.whatsapp.com/I1P1XKqOfzULrrKGtPunCG