Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston finalda ko'k libosda o'ynaydi 2023-yil 18-mart Sh | Жамол Бобо

O'zbekiston finalda ko'k libosda o'ynaydi

2023-yil 18-mart Shanba kuni Osiyo chempionati U-20 chempionlik masalasini hal qiluvchi o'yinda O'zbekiston yoshlari Iroq bilan ro'baro' keladi.

O'zbekiston yoshlari Iroq bilan guruh bosqichida ham (2-tur) to'qnash kelgan va kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'sha o'yinda ham O'zbeksiton ko'k liboslarda harakatlangandi. Finalda Iroq bilan yana bir bor toʻqnash kelayotgan yoshlar terma jamoamiz bu safar ham ko'k liboslarda maydonga tushishi kutilmoqda. E'tiborli jihati termamiz osiyo chempionatidagi qolgan barcha o'yinlarini oq liboslarda o'tkazgan. Faqatgina Iroq bilan ko'k libosda ikkinchi bor uchrashuv o'tkazadi.

Hasan Yusupov

@jamolbobo_1