Get Mystery Box with random crypto!

Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing! Barcha | Jaloyir yoshlari

Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab 6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube

@sh_olimov